Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат университети Тарих факултети


------------------------3--------------------------



Yüklə 300,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix31.12.2021
ölçüsü300,47 Kb.
#49598
1   2   3   4   5
buyuk ipak yoli - shakillanish rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon

------------------------3-------------------------- 

Amir Temur vafotidan so’ng saltanatda boshlangan siesiy boshbodoqlik 

va uni bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi, «Buyuk ipak yo’li»ga 

e’tiborning  pasayishi  oqibatida  G’arbiy  Evropa  davlatlari  bilan  Temurning 

o’rnatgan bevosita savdo va elchilik aloqalari asta-sekin susayib, keyinchalik 

esa butunlay 

 barham topdi. Bu, shubhasiz, Markaziy Osiyoning G’arbiy 

Evropa  va  unda  shakllanaetgan  jahon  bozoridan  ajralib,  Markaziy 

Osieliklarning dunyo xalqlarining iqtisodiy  va ijtimoiy taraqqietidan chetda 

qolishining boshlanishi edi. 

       Amir  Temur  vafoti  bilan  vorislar  o’rtasida  toju-taxt  talashuvi 



13 

 

boshlandi.  Oqibatda  Xurosonda  SHohrux  Mirzo;  Balx,  G’azni.  Qandahorda 



Pirmuhammad;  G’arbiy  Eron  va  Ozarbayjonda  Mironshohning  o’g’illari 

Umar  Mirzo  bilan  Abubakr  Mirzolar  hokimi  bulib  mutlaq  bo’lib  oladilar. 

«Buyuk  ipak  yo’li»ning  shimoliy  yo’nalishida  joylashgan  viloyatlar 

Turkiston,  Sabron,  O’tror,  Sayram      Amir  Berdibekning  tasarrufida  qoladi. 

O’ra-Tepa  bilan  Farg’onani  Amir  Xudoydod  egallab  oladi,  Xorazmni  esa 

Oltin O’rdaning nufuzi amirlaridan Idiku O’zbek bosib oladi. SHunday qilib, 

muhim  savdo  yo’lida  joylashgan  deyarli  barcha  hududlarda  hukmdorlar  o’z 

tartiblarini o’rnatishga kirishdilar. 

Amir  Temur  avlodari  o’rtasidagi  hokimiyat  uchun  qattiq  kurash  naqd 

besh yilga cho’ziladi va, shubhasiz, mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoliga 

keskin  ta’sir  etib,  xalqning  jiddiy  noroziligiga  sabab  bo’lgan  edi. 

Temuriyzodalar  oliy  hokimiyat  uchun,  noiblar  o’z  viloyatlarida  mustaqil 

bo’lib  olish  uchun  kurashdilar.  SHoxruh  boshlagan  harakat  mamlakat 

fuqarosining  ko’pgina  tabaqalari  tomonidan  quvvatlanadi.  SHu  boisdan, 

SHoxruh Temur hukmronligi o’rnatilgan viloyatlarni o’z qo’l ostiga olishga 

hamda  mamlakatda  tinchlik  va  osoyishtalik  o’rnatishga  muttasil  harakat 

qiladi.  

SHoxruhning  o’limi  temuriylar  o’rtasida  o’zaro  urushlarni  yana  avj 

oldirib yuboradi. Uning o’g’li Ulug’bek hukmronlik qilgan davrni ham siesiy 

beqarorlik,  taxt  uchun  kurashlar  bilan  ta’riflash  mumkin.  Temuriyzodalar 

o’zaro  kurash  bilan  band  bo’lib,  «Ipak  yo’li»ga  e’tibor  bermay  qo’ydilar. 

Masalan, Abdulatif ham «Buyuk ipak yo’li»dan boj olishni to’xtatdi, garchi 

Ulug’bek  bunga  katta  e’tibor  bergan  edi.  Natijada  «Buyuk  ipak  yo’li»da 

karvonlar  yurishi  kamaydi,  chunki  ularning  havfsizligini  ta’minlaydigan 

kuchlar barham topdi.            

 XV  asrning oxiri  –  XVI  asrning boshlarida  Movarounnahr  hududi bir 

necha  mustaqil  mulklarga  bo’linib  ketdi.  Ular  iqtisodiy  jihatdan  bir-birlari 



14 

 

bilan  mustahkam  bog’liq  edilar,  lekin  ayrim  viloyatlarning  hokimlari 



o’rtasidagi  uzluksiz  to’qnashuvlar  aholining  o’zaro  xo’jalik  aloqalariga 

halaqit berar edi.  

Ayrim hukmdorlar o’z qo’shnilarining erlarini bosib olish hisobiga o’z 

erlarini  kengaytirish  payida  bo’lib,  yurishlar  muvaffaqiyatsiz  chiqqanda, 

talab  olingan  mol-mulklar  bilan  cheklanishar  edi.  XV  asrning  oxirlarida 

feodallarning  bir-birlariga  qarshi  chiqishlari  ancha  keskinlashdi.  Samarqand 

va  Buxoro  jo’shqin  ichki  savdo  va  boshqa  davlatlar  bilan  savdo  markazlar 

hamda  savdo  karvonlarining  yo’llari  tutashgan  shaharlardan  edilar.  CHo’l 

aholisi  va  yirik  shaharlardan  yiroqdagi  tumanlar  bilan  ayirboshlash  savdosi 

mavjud  edi.  Qozoq  sultonlariga  asirga  tushgan  mashhur  odamlar  evaziga 

tovon to’lash uchun  o’zbek xoni  SHayboniy  farmoyishiga  binoan  bir necha 

tuyaga yuk bo’ladigan narbas gazlamasi tayerlab qo’yilgan edi. 

Karvon  yo’llari  Markaziy  Osie  shaharlarini  hozirgi  Afg’oniston, 

Hindiston,  Eron  markazlari  bilan  Sirdare  eqasidagi  shaharlar  Qozog’iston 

cho’lidan ko’chmanchilar va Sibir bilan bog’lar edi. 

SHu  yillarda  Xitoy  bilan  savdo  aloqalari  ancha  susaydi.  Xitoy  bilan 

Markaziy  Osie  o’rtasidagi  karvon  yo’llarida  joylashgan  viloyatlarda  siyosiy 

beqarorlik buning asosiy sababi bo’ldi. 

Mamlakatdagi  va  qo’shni  viloyatlardagi  feodal  mojarolarning 

kuchayishi chet elliklarning bosqinlar karvon yo’llari havfsizligini ta’minlash 

imkoniyatidan  mahrum  qildi.  Natijada  qo’shni  davlatlar  bilan  savdo-

diplomatik  munosabatlar  ham  buzildi.  Savdo  yo’llarining  janubga  ko’chishi 

va  dengiz  savdosining  kuchayishi  Markaziy  Osiyo  shaharlarining  tashqi 

savdo  aloqalariga  jiddiy  zarba  bo’ldi.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar  tufayli 

Hindistondan  va  hatto  ancha  shimoldagi  viloyatlardan  mollarning  ko’pgina 

turlari dengiz yo’lidan yuborila boshladi.  

Xalqlarning madaniyatlari va urf-odatlari bir-biriga yaqinlashib, o’zaro 



15 

 

munosabatlarning  har  taraflama  yaxshilanishida  «Buyuk  ipak  yo’li»ning 



ahamiyati benihoyat katta bo’ldi. 

1.  «Ipak  yo’li»  Markaziy  Osie  xalqlari  iqtisodi,  madaniy  va  siesiy  hayotida 

juda katta  rol  o’ynadi.  U  tufayli  Markaziy  Osie  xalqlari  G’arb va  SHarq 

dunyosi va ularning xo’jalik ixtirolaridan bahramand bo’ldi.  

2.  «Ipak  yo’li»da  Markaziy  Osiyo  SHarq  va  G’arb  o’rtasida  vositachilik 

rolini  o’ynadi.  Natijada,  Markaziy  Osieda  migrasiya  jarayoni  kuchayib, 

turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo bo’ldi. 

3.  Milodiy  era  boshlariga  kelib,  ipakchilik  SHu  viloyatiga  ham  yoyildi.  III 

asrdan boshlab, ipakchilik  markazi shimoliy g’arbga SHarqiy Turkistonga 

ko’chdi. Undan Farg’ona vodiysi, Sug’d, Eron va Vizantiyaga yoyildi.  

4.  IX-X  asrlarda  Somoniylar,  XI-XII  asrlarda  Qoraxoniylar  va  Saljuqiylar, 

XIII  asrdan  mug’ul  imperiyasi  va,  nihoyat,  XIV  asrning  70-chi  yillarida 

Temur davlati nazoratida bo’ldi. 

5.  Ko’p  tarmoqli  «Ipak  yo’li»  savdosida  Sug’d  savdogarlarining  o’rni  katta 

bo’ldi.  Milodiy  eradan  boshlab,  IX  asrgacha  esa  sug’d  tili  ipak  yo’llari 

doirasida jahon savdo tili darajasigacha ko’tarildi. 

6.  «Ipak  yo’li»  savdosida  sug’dlardan  tashqari  parfiyaliklar,  Eron 

sosoniylari, 

turklar, 

kushonlar, 

xotanlar,  uyg’urlar,  tibetliklar, 

baktriyaliklar  ham  katta  rol  o’ynaganlar.  Ularning  barchasi  bu  tarixiy 

jarayonning ijodkorlari sifatida iz qoldirganlar. 


Yüklə 300,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin