Tenglamalar tizimini yechish. MATHCADda tenglamalar tizimini yechish
Given…Find hisoblash bloki yordamida amalga oshiriladi. Tenglamalar tizimini
yechish uchun iteratsiya usuli qo’llaniladi va yechishdan oldin boshlang’ich
yaqinlashish barcha noma’lumlar uchun beriladi (1.12-rasm).
Tenglamalar tizimini yechish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
1.Tizimga kiruvchi barcha noma’lumlar uchun boshlang’ich yaqinlashishlarni
bernish.
2. Given kalit so’zi kiritiladi.
1.12-rasm. CHiziqsiz tenglamalar tizimini yechish.
3.Tizimga kiruvchi tenglama va tengsizlik kiritiladi. Tenglik belgisi qalin bo’lishi
kerak, buning uchun Ctrl+= klavishilarini birgalikda bosish kerak bo’ladi yoki Boolean
(Bul operatorlari) panelidan foydalanish mumkin.
4.Find funksiyasi tarkibiga kiruvchi o’zgaruvchi yoki ifodani kiritish.
Funksiyaga murojaat quyidagicha bajariladi: Find(x,y,z). Bu yerda x,y,z –
noma’lumlar. Noma’lumlar soni tenglamalar soniga teng bo’lishi kerak.
Find funksiyasi funksiya Root ga o’xshab tenglamalar tizimini sonli yechish
bilan bir qatorda, yechimni simvolli ko’rinishda ham topish imkonini beradi (1.13-
rasm).
1.13-rasm. CHiziqsiz tenglamalar tizimini simvoli yechimini topish.
Dostları ilə paylaş: |