I BOB. MATHCAD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI
1-§. MATHCAD dasturi imkoniyatlari va uning interfeysi
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari barcha soha va kasb-korlarning
ajralmas qismiga aylandi. Qaysi sohani olmaylik uning masalalarini tez hal qilish,
avtomatik hal qilish imkonini beruvchi amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan va
bu yagona emas. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni
avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim
etadi.
Bu tizimlar ichida MATHCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan
matematik hisoblashlar tizimidir. MATHCAD – bu kompyuter matematikasining
zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal majmuasidir. U o’z ichiga yillar
ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va
matematik hisoblash usullarini olgan.
MATHCAD paketi muhandislik hisob-kitob ishlarini bajarish uchun dasturiy
vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning turli versiyalari
mavjud. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va
differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini
izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin.
MATHCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
MATHCAD dasturining interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga
o’xshash. MATHCAD ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va
uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math
(Matematika). MATHCAD ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat
fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart
(Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini
o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir
necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z
ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga
joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda MATHCADning oynasi va uning
matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1.1-rasm):
1.1. rasm. MATHCAD paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.
Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik amallar shabloni;
Graph (Grafik) – grafiklar shabloni;
Matrix (Massiv) – massiv va massiv amallarini bajarish shabloni;
Evoluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish
operatori;
Calculus (Hisoblash) – differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni;
Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;
Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish
opreatorlari;
Greek (Grek alifbosi harflari) – Symbolik - belgililar ustida ishlash uchun
operatorlar.
Dostları ilə paylaş: |