1.2. Formulalarni kiritish va tahrirlash
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani
kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi.
MATHCADning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
•
menyu buyrug’idan foydalanib;
•
klaviatura tugmalaridan foydalanib;
•
matematik paneldan foydalanib.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi.
Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari
kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda
qiymati hosil bo’ladi (1.2-rasm).
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan
foydalaniladi. Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
•
qirqib olish – Ctrl+x;
•
nusxa olish – Ctrl+c;
•
qo’yish – Ctrl+v;
•
bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.
1.2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
MATHCAD 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni
matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function
(Funksiyani qo’yish) tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
MATHCAD hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert
→
Text Region
(Qo’yish
→
Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaxshisi klaviaturadan ikkitali
kavichka (“) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda
matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani
yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn
maydonida turib Insert
→
Math Region (Qo’yish
→
Matematik maydoni) buyrug’ini
berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan
matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
MATHCADda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va
uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish
operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi
kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (1.3-
rasm).
1.3-rasm. Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.