D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


Mulkdan foydalanish bilan shartlangan va ishlab chi- qaruvchilarning tasavvurlariga bog‘liq. Ulushlar tamoyili. Ulush



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
kochmas mulkni baholash

  Mulkdan foydalanish bilan shartlangan va ishlab chi-
qaruvchilarning tasavvurlariga bog‘liq.
Ulushlar tamoyili. Ulush
  –  ishlab chiqarish omillarining biror-
bir tarkibiy qismining mavjudligi yoki yo‘qligi tufayli mulk qiymati 
o‘zgaradigan summa. Boshqacha aytganda, ulush – bu ishlab 
chiqarish omillarining muayyan tarkibiy qismlarining mavjudligi 
natijasi bo‘lgan mulk qiymatiga qilingan qo‘shimcha. Bunda 
ulush miqdori, odatda, ko‘rib chiqilayotgan tarkibiy qismning aniq 
qiymatiga mos kelmaydi. Ulushlar tamoyili, odatda, eng yaxshi 


55
va samarali mulkdan foydalanish tahlil etilganda ortiqcha yoki 
yetishmagan yaxshilanishlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
Qoldiq  unumdorligi  tamoyili. Qoldiq unumdorlik mehnat, 
mablag‘ va boshqaruv xarajatlari qoplangandan keyin, yerga 
taalluqli sof daromad bilan belgilanadi. 
Mazkur tamoyil tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar 
uchun  ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjudligi va zarurligi 
to‘g‘risidagi mumtoz iqtisodiy nazariya qoidasini aks ettiradi. 
Bular yer, mehnat, mablag‘ va boshqaruv omillaridir. Shu mavjud 
omillardan lozim darajada foydalanganda daromad qilish va ularga 
sarflangan  xarajatlar  qoplanganidan  keyin  qolishi  mumkin  bo‘lgan 
qo‘shimcha qiymat yerga taalluqlidir.
Qoldiq unumdorlik shuning natijasida hosil bo‘ladiki, yer 
sotuvlaridan keladigan foydani ko‘paytirish,  xarajatlarni kamaytirish 
yoki alohida ehtiyojlarni qondirish hisobiga qo‘shimcha daromadlar 
olish imkonini beradi. 
Masalan, bozor avj olgan joydagi do‘konda, shunga o‘xshash 
shahar chekkasida joylashgan do‘konga nisbatan tovarlar ko‘proq 
sotiladi.  Iste’molchilarning  jug‘rofiy  markazlarida  joylashgan 
ulgurji savdo ombori transportga ketadigan xarajatlarni kamaytirish 
imkonini beradi.
Eng yuqori unumdorlik tamoyili. Ishlab chiqarishning u yoki bu 
omili o‘zgarishi obyekt qiymatini o‘zgartirishi mumkin. Bundan 
mulkni baholashning yana bir tamoyili kelib chiqadi, uning 
mazmuni quyidagicha: ishlab chiqarishning asosiy omillariga 
resurslarning qo‘shilib borishi bilan sof natija (daromad) xarajat 
o‘sishi sur’atlaridan tezroq osha boshlaydi, biroq ma’lum bir 
nuqtaga yetganda sof natija sekin sur’atlar bilan o‘sadi. Bu sekinlik 
qiymatning o‘sishi qo‘shilgan resurslarning xarajatlaridan kamroq 
bo‘lmagunga qadar davom etadi. Mazkur tamoyil eng yuqori 
daromad nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik tamoyili 
deb ataladi.


56
Muvozanatlashganlik  tamoyili.  Mulkiy majmua – bu tizim 
bo‘lib, tizimning rivojlanishi va mavjud bo‘lishi qonuniyatlaridan 
biri bo‘lib, uning elementlarining muvozanatlashganligi va 
mutanosibligi hisoblanadi. Mulkiy majmuaning qiymatini baho-
lashda muvozanatlashganlik (mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish 
zarur, unga ko‘ra ko‘chmas mulkdan eng yuqori daromadni ishlab 
chiqarish omillarining optimal nisbatlariga rioya qilish orqali olish 
mumkin.
3. Bozor muhitining harakati bilan shartlangan tamoyillar bozor 
muhitining harakati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.
Muvofiqlik  tamoyili.  Muvofiqlik  tamoyili  shundan  iboratki, 
mulkdagi me’morchilik, qulayliklar darajasi, undan foydalanish 
xususiyati mahalliy bozor ehtiyojlariga va kutishlariga mos 
kelganida eng katta qiymat vujudga keladi.
Masalan, kottej qurilmalari. Tumandagi hamma uylarda garajlar 
bo‘lsa, garajsiz uyni bozor qabul qilmaydi. Agar tumanda ko‘proq 
eski kichik uylar bo‘lib, boy me’morchilik uslubida qurilgan alohida 
uylar bo‘lsa, bunday hollarda ularning mulk bozori andozalariga 
mosligi kamroq bo‘ladi.
Regressiya  va  progressiya  tamoyillari.  Regressiya, qachonki 
ko‘chmas mulk ushbu bozor sharoitlariga ko‘ra ortiqcha bo‘lgan 
yaxshilanish bilan tavsiflansa, sodir bo‘ladi. Bunday mulkning bozor 
narxi uning real qiymatini aks ettirmaydi va uni shakllantirishning 
real xarajatlaridan past bo‘ladi. Progressiya, qachonki qo‘shni 
obyektlarning, masalan, yaxshilangan infratuzilmani ta’minlovchi 
obyektlarning faoliyat ko‘rsatishi natijasida ushbu ko‘chmas 
mulkning bozor narxi uning qiymatidan yuqori bo‘lganda, sodir 
bo‘ladi.
Raqobat  tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha: agar 
raqobat kurashining keskinlashuvi kutilayotgan bo‘lsa, u holda 
bo‘lajak foydalarni bashorat qilishda ushbu omilni daromadlar 
oqimining to‘g‘ridan to‘g‘ri kamayishi hisobidan yoki xatar 


57
omilini oshirish yo‘li bilan hisobga olish mumkin, bu ham bo‘lajak 
daromadlarning joriy qiymatini pasaytiradi.
Tashqi  muhitga  bog‘liqlik  tamoyili. Mol-mulkning qiymati 
ko‘proq tashqi muhitning holatiga, mamlakatdagi siyosiy va 
iqtisodiy barqarorlikning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, 
ko‘chmas mulkni baholashda tashqi muhitga bog‘liqlik tamoyilini 
inobatga olish zarur.
4. Mulkdan eng yaxshi va eng samarali foydalanish bilan bog‘liq 
tamoyillar. Bu guruh tamoyillarining muhim mezonlari bo‘lib 
uning qiymatining bozor konyunkturasining siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy kuchlar ta’siri ostida o‘zgarishidan kelib chiqib o‘zgarishi 
hisoblanadi.
Qiymat  o‘zgarishi  tamoyili. Iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar ostida 
bozor konyunkturasi va narx-navo darajasi o‘zgaradi. Bunday 
sharoitda korxona qiymatining o‘zgarishi ham tabiiy. Binobarin, 
korxona qiymatini baholash ma’lum bir sanada amalga oshirilishi 
kerak. Qiymat o‘zgarishi tamoyilining mohiyati ana shundan iborat.
Iqtisodiy taqsimot tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, mulk qiymatini 
orttirish uchun mulkiy huquqlarni o‘ziga xos taqsimlash va 
biriktirish lozim bo‘ladi.
Taqsimotni mulk huquqlarining turlari uchun qo‘llash mumkin:
– jismoniy taqsimlash (uchastkalarga, vertikal bo‘yicha va h.k.); 
– foydalanish huquqlari bo‘yicha taqsimlash (foydalanish 
huquqini cheklashlar); 
– mulk huquqlari ko‘rinishlari bo‘yicha taqsimlash (birgalikda 
ijaraga olish, sheriklik, hissadorlik jamiyatlari va h. k.);
– foydalanish vaqti bo‘yicha taqsimlash (turli muddatlarga ijaraga 
qo‘yish, butun hayot davomida egalik qilish, kelgusi huquqlar).
Eng  yaxshi  va  eng  samarali  foydalanish  tamoyili. Yuqorida 
keltirilgan tamoyillarni qo‘llash orqali amalga oshirilgan tahlilning 
natijasi bo‘lib, mulkdan eng yaxshi va eng samarali foydalanish 
hisoblanadi. 


58

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin