D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 BOZOR MUHITINING HARAKATI BILAN



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
kochmas mulkni baholash

3.4. BOZOR MUHITINING HARAKATI BILAN  
SHARTLANGAN TAMOYILLAR
Tamoyillarning uchinchi guruhi bozor muhitining harakati 
bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotida narxni 
shakllantirishga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib talab va taklifning 
o‘zaro nisbati hisoblanadi. Agar talab va taklif teng bo‘lsa, u holda 
narxlar barqaror bo‘lib qoladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, foydalilik vaqt va kenglikda 
aniqlangan. Bozor bu aniqlikni birinchi galda narx orqali hisobga 
oladi. Agar ko‘chmas mulk ushbu hudud uchun muayyan vaqtda 
xos bo‘lgan bozor andozalariga mos kelsa, u holda uning narxi 
o‘rtacha  bozor  qiymati  atrofida  o‘zgarib  turadi;  agar  obyekt  bozor 
talablariga mos kelmasa, u holda bu, odatda, ushbu mulkning past 
narxlari orqali aks etadi. Bunday qonuniyatning amal qilishi bilan 
boshqa  tamoyil  –  muvofiqlik  tamoyili  bog‘liq,  unga  ko‘ra  ishlab 
chiqarishning jihozlanganligi, texnologiya, daromadlilik darajasi va 
hokazolar bo‘yicha bozor talablariga mos kelmaydigan ko‘chmas 
mulk o‘rtachadan past narxda baholanadi. 
Muvofiqlik  tamoyili  bilan  regressiya  va  progressiya  tamoyillari 
bog‘liq. Regressiya, qachonki ko‘chmas mulk ushbu bozor 
sharoitlariga  ko‘ra  ortiqcha  bo‘lgan  yaxshilanish  bilan  tavsiflansa, 
sodir bo‘ladi. Bunday mulkning bozor narxi, ehtimol, uning real 
qiymatini aks ettirmaydi va uni shakllantirishning real xarajatlaridan 
past bo‘ladi. Progressiya, qachonki qo‘shni obyektlarning, masalan, 
yaxshilangan infratuzilmani ta’minlovchi obyektlarning faoliyat 
ko‘rsatishi natijasida ushbu ko‘chmas mulkning bozor narxi uning 
qiymatidan yuqori bo‘lganda, sodir bo‘ladi.
Raqobat tamoyilining mazmuni quyidagicha: agar raqobot 
kurashining keskinlashuvi kutilayotgan bo‘lsa, u holda bo‘lajak 
foydalarni bashorat qilishda ushbu omilni daromadlar oqimining 


60
to‘g‘ridan to‘g‘ri kamayishi hisobidan yoki xatar omilini oshirish 
yo‘li bilan hisobga olish mumkin, bu ham bo‘lajak daromadlarning 
joriy qiymatini pasaytiradi.
Ko‘chmas mulkning qiymati nafaqat ichki omillar bilan, balki 
ko‘plab tashqi omillar bilan ham belgilanadi. Mol-mulkning 
qiymati ko‘proq tashqi muhitning holatiga, mamlakatdagi siyosiy 
va iqtisodiy barqarorlikning darajasiga bog‘liq. Shunday ekan, 
ko‘chmas mulkni baholashda tashqi muhitga bog‘liqlik tamoyilini 
inobatga olish zarur. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin