D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


 MULKNI EKSPLUATATSIYA QILISH BILAN BOG‘LIQ



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
kochmas mulkni baholash

3.3. MULKNI EKSPLUATATSIYA QILISH BILAN BOG‘LIQ 
TAMOYILLAR
Baholash tamoyillarining ikkinchi guruhi mulkdan foydalanish 
bilan shartlangan va ishlab chiqaruvchilarning tasavvurlariga 
bog‘liq.
Har qanday iqtisodiy faoliyatning daromadliligi ishlab 
chiqarishning to‘rtta  omili bilan belgilanadi: yer, ishchi kuchi
sarmoya va boshqaruv. Mulkning daromadliligi – bu barcha to‘rt 
omil harakatining natijasidir, shuning uchun tizim sifatida mulkning 
qiymati daromadni baholash asosida aniqlanadi. Mulkni baholash 
uchun har bir omilning undan olinadigan daromadning shakllanishiga 
qo‘shgan hissasini bilish zarur. Bundan ulush tamoyili kelib 
chiqadi, u quyidagidan iborat: mulkiy majmua tizimiga har qanday 
qo‘shimcha aktivning qo‘shilishi, agar olinadigan ko‘chmas mulk 
qiymatining o‘sishi uni xarid qilish xarajatlaridan yuqori bo‘lsa, 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Yer uchastkasining ortiqcha  unumdorligi menejment, ishchi 
kuchi va sarmoyadan foydalanish xarajatlari to‘langanidan so‘ng 
qolgan sof daromad sifatida aniqlanadi. Bu qoldiq unumdorlik 
tamoyilidir.
Ishlab chiqarishning u yoki bu omili o‘zgarishi obyekt qiymatini 
oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy nazariyaning ushbu 
qoidasidan mulkni baholashning yana bir tamoyili kelib chiqadi, 
uning mazmuni quyidagicha: ishlab chiqarishning asosiy omillariga 
resurslarning qo‘shilib borishi bilan sof natija (daromad) xarajat 
o‘sishi sur’atlaridan tezroq osha boshlaydi, biroq ma’lum bir 
nuqtaga yetgandan keyin, sof natija sekin sur’atlar bilan o‘sadi. Bu 
sekinlik qiymatning o‘sishi qo‘shilgan resurslarning xarajatlaridan 
kamroq bo‘lmagunga qadar davom etadi. Mazkur tamoyil eng 
yuqori daromad nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik 
tamoyili deb nomlanadi.
Demak, mulkiy majmuaning qiymatini baholashda muvo-
zanatlashganlik (mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish zarur, unga 


59
ko‘ra ko‘chmas mulkdan eng yuqori daromadni ishlab chiqarish 
omillarining optimal nisbatlariga rioya qilish orqali olish mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin