181
7) baholash uchun buyurtma beruvchilarga ularning baholash
faoliyati sohasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiradigan
ishonch xizmatini tashkil etish;
8) baholashga doir aniq masalalarni muhokama qilish maqsadida
banklar vakillari,
auditorlar, buxgalterlar hamda baholash
natijalaridan foydalanuvchi va baholashga buyurtma beruvchi
boshqa shaxslar o‘rtasida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib
turish.
Hozirda mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori, baholash
faoliyati alohida nazariyasiga, yuqori
darajada tartiblashtirilgan
samarali infratuzilmaga va dinamik muhitga ega bo‘lib, zamonaviy
iqtisodiyot rivojini qiymatiy belgilaydigan murakkab tizim sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Bu esa mulkdorlarning mulkiy huquqlari va
munosabatlari hajmi va samarasining keskin o‘sishiga olib keldi
1
.
Umuman olganda, zamonaviy mulk qiymatini baholash
xizmat
lari bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz
rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan
alohida bir butun va o‘z muhitiga ega
munosabatlar va institutlar
majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi
bilan iqtisodiyot rivojida ahamiyatlidir. Chunki mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori baholagan qiymatisiz mulkning huquqiy
va iqtisodiy fantomlarini boshqarish, mulkiy munosabatlarni
samarali amalga oshirish va ishonchli biznes qarorlar qabul qilish
mumkin emas. Zero, hozirda mulk qiymatini baholash
xizmatlari
bozori mulkdorlarning mulkiy huquqlari qiymatini belgilaydi va
boshqarilishiga yordamlashadi, mulk bozori obyektiv narxlarini va
mulkdorlar jamg‘armalari real qiymatining shakllanishiga xizmat
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mulk qiymatini baholash xizmatlari
bozori mulk bozori bilan birgalikda (ular o‘zaro ekvivalent
va bog‘langan bozorlar bo‘lgani, mos ravishda, ular orasida
ko‘rsatilganidek qiymatni narxga va, aksincha, narxni qiymatga
1
Sh.Sh. Shox’azamiy. Mulkiy qiymat va narxning nazariy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-
moliya, 2015.
182
transformatsiyalanishi prinsipi amal qilishi sababli)
iqtisodiyotdagi
o‘rni va ahamiyati tuzilmaviy-funksional model yordamida makro-,
mezo-, mikro- va nano pog‘onalarda namoyon bo‘ladi. Umuman
aytganda, mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori
bir-birining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyatisiz ma’noga ega emas.
Demak, bu bozorlar faqat birgalikda mulkiy huquqlar subyektlarining
fuqarolik huquqi obyektlari bo‘yicha mulkiy munosabatlari amalga
oshirilishini ta’minlashi sababli, ular iqtisodiyotda markaziy o‘ringa
ega. Bunda real iqtisodiyotning «mulk bozori – mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori» juftligi bilan bog‘liqlikdagi faoliyati
davlat tomonidan regulatsiya qilinadi.
Respublikamizda mulkni baholash sohasi endi rivojlanib
kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Baholashga bo‘lgan talab
bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin yuzaga kela boshladi.
Dostları ilə paylaş: