O’beistonda tijorat banklari kapitaliga o’rnatilgan
minimal talab darajasi va dinamikasi
Joriy etilgan
sana
Tijorat
banklari
uchun
Chet el kapitali
ishtirokida
ochilayotgan
banklar uchun
Xususiy banklar
uchun
1.01.1998 y.
1,5 mln.
AQSh dol.
ekvivalent.
5 mln. AQSh dol.
ekvivalent.
0,3 mln AQSh
dol. ekvivalent.
1.01.2000 y.
2,5 mln.
5,0 mln.
0,3 mln.
1.01.1999 y.
2,5 mln.
5,0 mln.
1,25 mln.
1.01.2005 y.
5,0 mln.
5,0 mln.
2,5 mln.
1.01.2008 y.
5,0 mln.Evro
ekvivalent.
5,0 mln.Evro
ekvivalent.
2,5 mln.Evro
ekvivalent.
1.01.2011y.-
hozirgi
kungacha
10,0 mln.
5,0 mln.
5,0 mln.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo’yilgan talab 2007
yil 31 dekabrgacha AQSh dollari ekvivalentida amalga oshirilgan bo’lsa,
2008 yil 1 yanvardan boshlab evro ekvivalentida jamg’arilishi joriy etildi.
Ta’kidlash joizki, tijorat banklari o’z faoliyatini dastlab boshlayotgan davrda
kapitalning minimal miqdorini shakllantirilishi zarur bo’ladi. Tijorat banklari
Markaziy bankdan litsenziya olib, faoliyatini boshlagandan so’ng esa
kapitalning ushbu minimal miqdorini doimiy ravishda oshirib borishlari
lozim bo’ladi, kapitalni oshirishning asosiy mezoni sifatida ularning riskka
tortilgan aktivlari hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu daraja umumiy kapitalga
nisbatan 0,1 koeffitsientda, asosiy kapitalga nisbatan esa 0,05 koeffitsientda
bo’lishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari aktsiyador mulkchilik
shaklida tashkil etiladi. Bu borada 1998 yil 2 oktyabrda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik – tijorat banklari faoliyatini
takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” Farmoni qabul qilindi. Ushbu
farmonga ko’ra, tijorat banklarini boshqarishda aktsiyadorlarning va bank
Kengashlarining roli oshirildi. Quyidagi rasmda tijorat banklari tashkiliy
tuzilishining namunaviy ko’rinishi keltirilgan.
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi:
15. aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi;
16. bank Kengashi (kuzatuv kengashi);
17. bank Boshqaruvi.
Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi bankning oliy boshqaruv organi
hisoblanadi. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi
masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank
Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi
qaroriga ko’ra belgilanadi. Aktsiyadorlar soni 500 gacha bo’lgan ochiq
turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi
miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha bo’lgan
banklarda kamida etti a’zodan va 1000 dan ortiq bo’lgan banklarda kamida 9
a’zodan iborat bo’lishi lozim.
Yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank
Kengashi a’zolari umumiy soni aktsiyadorlar sonidan qat’i nazar beshtadan
kam bo’lmasligi kerak.
O’zbekistonda tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini
nazorat qilish Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 sentyabrda
tasdiqlangan "Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi
to’g’risida”gi 22 – sonli Nizom asosida amalga oshiriladi. Mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari mazkur
nizomga asosan tashkil etiladi va tugatiladi.
Markaziy bank tijorat banklariga bank operatsiyalarini amalga oshirish
uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda asosiy omil bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
18. biznes rejaning maqbulligi;
19. kapitalning adekvatligi;
20. daromadlilikning kelgusi istiqbollari;
21. ko’zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro’ – e’tibori;
22. bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi
qonunchilikka muvofiqligi;
23. monopoliyaga qarshi choralar.
Dastlab tashkil etilayotgan banklarning ustav kapitalida banklarning
ishtirok etishiga yo’l qo’yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va
shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno.
Tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida bir aktsiyadorning ulushi
yigirma foizdan ortsa Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim. Bir
aktsiyador yoki o’zaro bog’langan aktsiyadorlar guruhining tijorat banki
ustav kapitalidagi ulushi ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq
bo’lishi mumkin emas.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklarining muassislari moliyaviy
jihatdan barqaror bo’lishlari lozim. Muassislarning moliyaviy barqarorligi
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
24. balansning nolikvidligi;
25. to’lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;
26. yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon
qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;
27. yuridik shaxs taqdim etgan shaxs zarur hollarda ustav
kapitalini oshira olmasligini ko’rsatsa;
28. bankda mulk sotib olinishi ko’zda tutilishi natijasida
bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi
mumkinligini ko’rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo’lsa.
Tijorat banklarini tashkil etishda barcha shaxslar ham ishtirok etishi
maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday shaxslar tarkibiga:
29. bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari,
boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va
yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga
kelganligi faktlari ma’lum bo’lsa;
30. o’zining ishbilarmonlik va shaxsiy xattiharakatida ishlarni
noto’g’ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish
qilgan shaxslar.
31. offshor hududlarda ro’yxatga olingan norezident yuridik
shaxslar;
32. davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari,
jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashqari fondlar,
byudjet muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda
ko’zda tutilmagan bo’lsa.
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari quyidagi ta’sis hujjatlarini
Markaziy bankka taqdim etishi lozim:
a) muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
tasdiqlangan ta’sis shartnomasi;
b) muassis – aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank
Kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavi;
v) ta’sis yig’ilishining bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, ustav
kapitali miqdori, ustav va biznes – rejani tasdiqlash, bank Kengashi, taftish
komissiyasi va boshqaruvini saylash to’g’risidagi qaror bo’lishi lozim.
Mustaqillikka erishgandan hozirgi kungacha bo’lgan davrda turli mulk
shaklidagi qator banklar tashkil etildi, ularning asosiy qismi mamlakatimiz
moliya
– kredit bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy
islohotlarning chuqurlashuvi natijasida ularning ayrimlarini maqomi
o’zgartirildi, ayrimlari boshqa banklarga qo’shilib yoki umuman faoliyatini
to’xtatdi. 2010 yil 1 yanvar holatiga mamlakatimizda jami 30 ta tijorat
banklari tashkil etilgan bo’lib, ularning uchtasi davlat banki, beshtasi xorijiy
kapital ishtirokidagi qo’shma banklar, 13 tasi xususiy banklar, qolganlari
aktsiyadorlik tijorat banklari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklar iqtisodiyotning muhim moliyaviy
“qon tomirlari” hisoblanib, ularning faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish
mamlakatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatimizda bu boradagi jarayon doimiy ravishda rivojlanib
va takomillashib bormoqda.
Taniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Laurishin “tijorat banki bu
tashkilot emas balki korxona’’ deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko’ra tijorat
banklari ham mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy shaklga ega
bo’lgan mahsulotlarni yaratadi. Misol: depozit va kredit. Lekin amaliyotda
tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit tashkiloti deb atash keng
tarqalgan. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o’ziga xos maqomni
quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini kreditlaydigan
qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz
biror bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal
qilish mumkin emas.
Tijorat banklari aholiga va xo’jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob kassa
xizmat ko’rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya
institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali
nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar
va omonatlar berish huquqini berilganligidir.
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar
ko’rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.
Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o’rtasidagi kelishuvga
asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish
jarayonida aralashishiga haqqi yo’q.
Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag’larini sir tutishi ni
kafoltlaydigan moliya institute hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri
to’g’risidagi qonunda o’z ifodasini topadi.
Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug’urta va savdo faoliyati bilan
shug’ullanish man etilgan instituti.
Tijorat banklari boshqaruv organlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi.
A. Aksiyadorlarning umumiy yig’lishi bu organ tijorat banklarini
boshqaruvchi eng yuqori organ hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy
yig’lishi bankning ustav kapitalini ko’paytirish, bank kengashi va boshqa
a’zolarini ta’yinlash kabi muhim vazifalarnihal qilish vakolatiga ega.
Aksiyadorlarga dividend to’lash ham muhim masalalardan hasoblanadi.
B. Bank kengashi bank aksiyadorlari tarkibidan tashkil topadi. Kengash
bankning kredit siyosati varivojlantirish strategiyasini tastiqlaydi. Bank
kengashi a’zolari sonini har bir mamlakat qonunchiligiga asoslanadi. Misol:
O’zbekiston Respublikasi bank kengashi a’zolari soni aksiyadorlari 500gacha
bo’lgan banklarda kamida 5ta, aksiyadorlari soni 501-1000ta gacha bo’lagan
banklarda 7ta, aksiyadorlar soni 1000tadan ortiq bo’lsa 10 kishidan iborat
bo’lishi kerak.
C. Bank organi xorijiy banklarda bank boshqaruvi direktorlar kengashi
deyiladi. Bank boshqaruvi bankning asosiy bo’linmalarida rahbarlaridan
tashkil topadi.
Buxg’altir
Kredit deposit
Valyuta va pul muomalasi direktorlari kiradi.
Bank boshqaruvi banklarning joriy faoliyatini amalga oshiradi.
D. Taftish komissiyasi bu komissiya bankda doimiy faoliyat yuritadi va
asosan bank xarajatlarni nazorat qiladi.
Tijorat banklarida turli xil qo’mitalar ham tashkil qilinib ularni
boshqarish organi sifatida e’tirof etish mumkin.
Misol: O’zbekiston Respublikasi 2010-yil 26-noyabrda 1438 qaroriga
muvoffiq tijorat banklarida bank aktivlari sifatini nazorat qiluvchi qo’mitalar
tashkil qilingan.
Tijorat banklarning barqarorligi deganda uni iqtisodiy-siyosiy risklardan
ishonchli himoya qilish imkonini beradigan darajada likvidli va to’lovga
qobil bo’lishi tushuniladi.
|