O‘z mablag‘lari manbasi: 6. Umumiy kapital 7. Asosiy (birinchi darajali) kapital: 8.
Ustav kapitali;
9.
Emission daromad;
10.
Maxsus zaxiralar;
11.
Taqsimlanmagan foyda.
12. Qo‘shimcha (ikkinchi darajali) kapital: 13.
Joriy yilning sof foydasi;
14.
Qayta baholash zaxirasi;
15.
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari;
16. Sho‘‘ba korxonalarga qilingan quyilmalar. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va
ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar
va Bazel andozalariga ko‘ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham
e’tirof etiladi.
Tijorat banklari asosiy (birinchi darajali) kapitali xalqaro Bazel
andozalariga asosan ustav kapitalining to‘langan qismi, muddatsiz nekumulyativ
imtiyozli aktsiyalar, emission daromad, sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira
summalari va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan tashkil topadi.
Tijorat banklari ikkinchi darajali (qo‘shimcha) kapitali kreditlardan
ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar
miqdori 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi, qayta baholash zaxirasi,
subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari va konsolidatsiyalashgan sho‘‘ba
korxonalarini tashkil etish maqsadiga yo‘naltirilgan qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston tijorat banklari kapitalining tarkibi va uning yetarliligiga
qo‘yilgan talablar Markaziy bankning 1998 yil 2 noyabrda tasdiqlangan 420–sonli
«Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida
Nizomi» asosida tartibga solinadi.
O‘zbekiston tijorat banklari birinchi darajali kapitali tarkibiga xalqaro Bazel
andozalaridan farqli o‘laroq, bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng
bo‘lgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya
zaxirasi alohida manba sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, tijorat banklarining
joriy yildagi sof foydasi ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan.
Mazkur paragrafning poyonida ta’kidlash mumkinki, tijorat banklari passiv
operatsiyalari natijasida aktiv operatsiyalar uchun zarur bo‘lgan resurslarni
shakllantiradi, banklarning passiv operatsiyalari xarajatlarni keltirib chiqaradi.