Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar
sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi.
Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi
bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa,
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari
sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan
xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash
imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli
vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish
jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga
qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: