Pul, kredit va banklar


 – 2008 yillar davomida Markaziy osiyo davlatlariga qilingan



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
2007 – 2008 yillar davomida Markaziy osiyo davlatlariga qilingan 
ajratmalar to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadvaldan  
olishimiz mumkin
69
mln.evro 
 
№  Mamlakatlar 
2007 yil 
2008 yil 
1991 – 2008 yillarda 
41.   
Qirg’iziston 
12 
12 
165 
42.   
Mongoliya 
34 
51 
102 
43.   
Tojikiston 
26 
35 
96 
44.   
Turkmaniston 

10 
123 
45.   
O’zbekiston 
15 
33 
545 
 
Jami 
90 
141 
1031 
 
OTBning  O’zbekiston  bilan  uzoq  muddatli  va  samarali  hamkorligi  bunga 
yorqin  misol  bo’la  oladi.  Mamlakatimiz  1995  yildan  buyon  ushbu  yirik  xalqaro 
moliya tashkilotining teng huquqli a’zosidir. 
1996 yildan OTB ning loyixalari O’zbekiston xududida transport, energetika, 
suv  ta’minoti,  moliya  va  ta’lim  sohalarida  amal  qilmoqda.  Bugungi  kunga  qadar 
OTB tomonidan ajratilagn 1,29 mlrd dollar qiymatidagi qarz mablag’lar  va  40,83 
mln dollar grant mablag’i texnik yordam dasturi doirasida amal qilmoqda.
70
 Ushbu 
resurslarning  27  %  qishloq  xo’jaligi,  23  %  ta’lim,  21  %  transport  va  15  %  suv 
ta’minotida  o’zlashtirilmoqda.    Bozor  munosabatlarida  mikromoliyalash  tizimini 
rivojlantirish  muxim  rivojlanish  omil  bo’lib  hisoblanadi.  Shu  maqsadda  2008 
yildan  O’zbekistonda  OTB  ning  ikki  bosqichli  loyihasi  amal  qila  boshladi. 
Loyihaga  asosan  ushbu  sohani  rivojlantirish  uchun  2008  yilda  137,4  mln  dollar, 
2009 yilda 125,9 mln dollar ajratildi.  
Shu  bilan  birga,  qiymati  300  million  AQSh  dollarlik  “Suv  ta’minoti  va 
kanalizatsiya  sohasida  multitranshli  moliyalash  dasturi”  2009  yildan  amalga 
oshirilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shunday loyihani 
amalga  oshirish  doirasida  Qashqadaryo  va  Navoiy  viloyatlarining  170  ta  aholi 
punktida quvurlar o’tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda. 
OTB  Boshqaruvchilar  kengashining  43  –  yillik  majlisida  OTB  Prezidenti 
Xaruxiko  Kuroda  va  Jaxon  bojxona  tashkilotini  bosh  kotibi  Kunio  Mikuriya 
tomonidan  Osiyo    –    Tinch  okeani  xududida  strategik  hamkorlikni  ta’minlash 
maqsadida  memorandumi  imzolandi.  Memorandumning  asosiy  maqsadi  xalqaro 
savdoni rivojlantirishdan iborat.  
Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O’zbekiston rahbariyatiga 
OTBning  Toshkentdagi  forumi  yuksak  saviyada  tashkil  qilingani  va  uni 
o’tkazishga  yaxshi  tayyorgarlik  ko’rilgani  hamda  tadbirning  samarali  o’tishiga 
yordam  bergani  uchun  samimiy  minnatdorlik  izhor  etdi.  OTB  Boshqaruvchilar 
kengashining bu yilgi majlisida Osiyo – Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining 
jahon  moliyaviy  –  iqtisodiy  inqirozidan  samarali  chiqishi  va  inqirozdan  keyingi 
rivojlanishi bilan bog’liq qisqa, o’rta va uzoq  muddatlarga  mo’ljallangan dolzarb 
                                                           
69
 
www.imf.org
 ETTB ning 2008 yillik xisobotidan 
70
 
www.adb.org
 OTB ning 2009 yillik xisobotidan 


masalalar  ko’rib  chiqildi.  Shu  maqsadda  mintaqaning  iqtisodiy  barqarorligini 
oshirish,  uning  global  iqtisodiy  boshqaruvga,  mintaqaviy  integratsiyani 
kengaytirishga  hissa  qo’shishi  uchun  zarur  choralarni  ko’rish  lozimligi  hamda  bu 
jarayonlar OTB tomonidan bundan keyin ham qo’llab – quvvatlanishi ta’kidlandi. 
OTB tomonidan ishlab chiqilgan "Strategiya – 2020" aynan ushbu masalalarni hal 
etishga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga bevosita daxldor bo’lgan iqlim 
o’zgarishi  oqibatlarini  yumshatish  va  quyosh  energiyasidan  yanada  keng 
foydalanish majlisda ko’rib chiqilgan muhim masalalar sirasidandir. 
OTBning  O’zbekistondagi  eng  yirik  loyihalaridan  biri  kredit  uyushmalarini 
faoliyatini  takomillashtirishga  qaratilgan  bo’lib,  bugungi  kunda  OTBning  ushbu 
loyihasi  natijasida  100  ta  kredit  uyushmasi  depozitida  88  mln  AQSh  dollarga  va 
107 mln AQSh dollar kredit portfeliga ega bo’lgan 141000 ta a’zoni birlashtirdi. 
Bu esa o’z navbatida milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
 
 
 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin