17.5. Mintaqaviy moliya – kredit institutlari Xalqaro mintaqaviy banklari hisoblangan Amerikalararo taraqqiyot banki
(ATB)ning, Afrika taraqqiyot banki (AfTB) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1960
yillarda tashkil topgan bo’lib, ularning tashkil topishiga qator ijtimoiy – iqtisodiy
sabablar mavjud. Xususan:
1) o’sha yillari ko’pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik tuzumining
ag’darilishi natijasida siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritilishi, rivojlanayotgan
mamlakatlarni jahon rivojidagi mavqieni ko’tarish va yangi iqtisodiy tuzumni joriy
etishga bo’lgan zaruriyatning kuchayib borishi;
2) XVJ va Jahon banki e’tiboridan chetda qolayotgan xalqaro mintaqaviy
ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni hal etish;
3) hududiy mintaqalar iqtisodiyotini kreditlash uchun ichki moliyaviy
resurslardan, shuningdek tashqi manbalardan samarali foydalanish mexanizmini
yaratish;
4) rivojlanayotgan mamlakatlarda mintaqaviy hamkorlikni yo’lga qo’yish va
rivojlantirish, shuningdek iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash.
Quyidagi jadvalda nomlari keltirilgan banklar o’rtasidagi asosiy farq
ularning ijtimoiy – iqtisodiy, madaniyat va ma’rifiy darajalarining turlicha
ekanligi, shu bilan birga ularning geografik joylashuvi va aholining etnik qatlami
bo’yicha ham farq qiladi.
Shu bilan birga, barcha banklarning a’zo mamlakatlari 1/3 qismi rivojlangan
mamlakatlar hisoblanadi. Ovoz berish huquqining yuqoriligi tufayli XaTBning har
qanday qarori AQSh, OTBning qarori Yaponiya va AQSh tomonidan bekor
qilinishi mumkin.
Quyidagi jadvalda uchta mintaqaviy bank haqida ayrim ma’lumotlar
keltirilgan.