Bugungi kunda ETTB loyixalari Evropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda.
Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o’laroq, bank nizomiga asosan loyixa
amalga oshirilayotgan davlatlarda ko’p partiyaviylik, plyuralizm va bozor
iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali:
36. sanoatda tarkibiy islohatlar o’tkazish;
37. raqobat, xususiylashtirish va
tadbirkorlikni rivojlantirish;
38. moliyaviy tashkilotlar faoliyati va xuquqiy tizimni barqarorlashtirish;
39. xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo’llab quvvatlash;
40. korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni
muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi.
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi,
direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi
ETTBning yuqori organi bo’lib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni
boshqaruvchi va uning muovinini o’z ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar
hoxishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin.
Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo’lib, uning ikkitasi EI va EIB
tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va
Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to’g’ri
keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga
oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga
oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko’ra saylanadi. ETTBni yig’ilishlarida ovoz
berish tartibi aktsiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida
EI va EIBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va
Sharqiy Evropa davlatlariniki – 13%, boshqa Evropa mamlakatlariniki – 11% ,
boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga – 24 % kvota to’g’ri keladi. Bankning kapitali
tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya
va Yaponiya (8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Quyidagi rasmda ETTBning 2004 – 2008 yillarda investitsion loyihalarni
moliyalashtirish bo’yicha ajratgan mablag’lari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
ETTBning 2004 – 2008 yillarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish
bo’yicha ajratgan mablag’lari va dinamikasi, loyihalar soni donada, kreditlar
miqdori mln. evroda.
265
276
301
353
302
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
2004
2005
2006
2007
2008
Лойиҳалар сони
Лойиҳаларнинг умумий қиймат и
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bank tomonidan moliyalashtirilgan investitsion
loyihalar soni 2008 yilda 2007 yilga nisbatan 51 taga, kreditlar hajmi qariyb 1000
mln. evroga kamaygan. Buning asosiy sababi, 2008 yilda AQShda yuz bergan
jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidir.
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, asosan a’zo –
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat
kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga
investitsiyalar kiritish, qimmatli
qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va
eksport – import operatsiyalari bo’yicha dasturlarni qo’llab – quvvatlash masalalari
alohida o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: