Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA)
rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo – mamlakatlarga
kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklardan, ya’ni investitsiya mulklarini
eksproportsiya qilish, siyosiy kataklizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish,
hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini
kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha
kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo’yicha muammolar vujudga kelganda
ularning 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA o’zining kafolatlash
faoliyatini milliy sug’urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markazi (IMXM)
1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, investitsion nizolarni arbitraj yordamida, xalqaro
huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb
etishga ko’maklashadi. Shu bois ham ko’plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar
shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi.