1.2. Pulning rivojlanish tarixi Pul hozirgi kundagi ko‘rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy
davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib
kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo‘ldi
1
. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar,
buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‘rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib
kelinayotgan qog‘oz va elektron pullar ko‘rinishigacha yetib keldi.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning
shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va
rivojlanib kelmoqda.
Pulning rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar
ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi
mulk qiymatlarining o‘sishi. 3. Tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha aylanmalar hajmining ortishi.