Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
Qog‘oz pullar 
Qog‘oz  pullarning  muomalaga  kiritilishi  jamiyatda  ijtimoiy  –  iqtisodiy  voqelik  bo‘lib, 
ushbu  jarayon  o‘zi  bilan  birgalikda  qator  muammolarni  keltirib  chiqardi.  Bu  muammolarning 
asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya 
muammosining  paydo  bo‘lishini  asosiy  sabablaridan  biri,  ushbu  pullar  haqiqiy  qiymatga  ega 
bo‘lmagan,  ya’ni  haqiqiy  pullarning  o‘rinbosarlari  hisoblanadi.  Qog‘oz  pullarda  aks  ettirilgan 
nominal  qiymati  ularning  haqiqatdagi  qiymatidan  juda  yuqoridir.  Chunki  qog‘oz  pullarning 
haqiqiy qiymati juda past.  
Mazkur  darslikning  birinchi  bobi  1.1–paragrafida  oltin  tangalarning  o‘rniga  qog‘oz 
pullarning  kirib  kelishi  bilan  bog‘liq  tavsilotlar  atroflicha  bayon  etilgan.  Ularni  qaytarilishiga 
yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida,  oltin  tangalarni  saqlovchilar  va  oltinni  saqlashga  beruvchilar 
o‘rtasida  o‘zaro  munosabatlar  natijasida  qog‘oz  pullarni  muomlaga  chiqarish  bilan  bog‘liq 
jarayonni  qisqacha  bayon  etmoqchimiz.  Ushbu  jarayon  Yevropaning  ayrim  mamlakatlari  va 
AQSh amaliyotida qog‘oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‘y bergan.  
Chunki,  ushbu  mamlakatarda  qog‘oz  pullar  Xitoy,  Turkiston,  Rossiya  malakatlaridan 
keyin  muomalaga  kiritilgan  bo‘lsada,  oltin  tangalarni  muomaladan  chiqib  ketishi  natijasida 
ularning  o‘rniga  qog‘oz  pullarni  kirib  kelishi  stixiyali  tarzda  ro‘y  bergan.  Manabalarga  ko‘ra, 
dastlabki  qog‘oz  pullar  Xitoy,  Turkiston  va  Rossiyada  davlati  tomonidan  muomalaga 
chiqarilgan.       
Jamiyatda  tovar  –  pul  munosabatlarining  jadal  rivojlanib  borishi  natijasida,  kishilar 
o‘rtasida  ayirboshlash  hajmi  misli  ko‘rilmagan  darajada  o‘sib  bordi.  Bu  jarayon  oltinlarni 
saqlash  va  ularning  xavfsizligini  ta’minlash  borasida  qator  muammolarni  keltirib  chiqara 
boshladi.  Bularni  bartaraf  etish  maqsadida  oltinlarni  saqlab  berish  evaziga  daromad  oluvchilar 
paydo  bo‘ldi
16
.  Oltin  saqlovchilar  asta  –  sekinlik  bilan  odamlarning  ishonchiga  kirib  borishi 
natijasida  kishilar    vaqtinchalik  bo‘sh  oltin  tangalarini  ma’lum  haq  to‘lash  evaziga  ularga 
topshira  boshladi.  Oltin  saqlovchi  oltinlarni  saqlar,  ularning  xavfsizligiga  javobgar  edi, 
shuningdek,  kimga, qachon  va qancha  oltin kerak bo‘lsa  tegishli  yozuvlarni  (oltinni  olganligini 
tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.  
“A” shaxs “B” shaxsga sotib olgan tovari uchun to‘lagan oltin tangani “B” shaxs ham o‘z 
navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va 
oltinni  saqlashga  beruvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  ishonchning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi. 
Keyinchalik  oltin  saqlovchi  odamlar  orasida  tanilib,  ishonchga  kira  boshlaganlaridan  so‘ng 
odamlar  ehtiyojlari  uchun  zarur  bo‘lgan  oltinni  olmasdan,  tovar  va  mahsulot  uchun  sotuvchiga 
tilxatlarning o‘zini to‘lov vositasi sifatida bera boshladi. O‘z navbatida sotuvchi ushbu tilxatlarni 
to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida oltin saqlovchidan kerakli 
miqdordagi  oltinlarni  oldi,  yoki  uchinchi  shaxsga  to‘lov  vositasi  sifatida  o‘tkazib  yubordi.  Shu 
tariqa muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi. 
Bu  jarayon  shu  darajada  rivojlanib  ketdiki,  barcha  taniqli  va  yetarli  darajada  ishonchga 
ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‘lov vositasini bajara boshladi. Dastlab 
muomalaga  chiqarilgan  qog‘oz  pullar  to‘lig‘icha  oltin  bilan  ta’minlangan  edi.  Keyinchalik  esa 
oltin  saqlovchining  kasodga  uchrashi,  yoki  odamlarning  ishonchini  suiste’mol  qilishi  natijasida 
muomalada  ta’minlanmagan    qog‘oz  pullar  paydo  bo‘la  boshladi.  Natijada  ushbu  pullar  oltin 
saqlovchilarga  taqdim  etilganda  ular  buning  evaziga  oltin  tangalar  berishdan  bosh  tortdi. 
Bularning  barchasi  mamlakatda  pul  muomalasini  izdan  chiqishi  oqibatida  xo‘jalik  yuritish  va 
hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. Aynan shu jarayonda davlat 
qog‘oz  pullarni  tartibga  solish  va  yagona  emissiya  qilishni  o‘z  qo‘liga  oldi.  Buning  uchun 
                                                           
16
Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar. 


alohida  davlat  banki,  ya’ni  Markaziy  bankni  tashkil  etdi,  unga  muomalaga  qog‘oz  pullarni 
chiqarish,  pul  muomalasini  tartibga  solish  vazifalari  yuklatildi.  Tijorat  banklari  esa  muomalga 
naqd  pullarni  emissiya  qilish  huquqidan  mahrum  etilib,  mijozlarga  bank  xizmatlarini 
ko‘rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada  qog‘oz  pullar  1817–1843  yillarda  tijorat  banklari  tomonidanmuomalaga 
chiqarilgan,  1813  yilda  Angliya  Banki  o‘z  banknotasini  muomalaga  chiqardi.  1844  yildan 
boshlab  esa  tijorat  banklariga  pulni  emissiya  qilish  bekor  qilindi  va  R.Pilning  qonuniga  asosan 
Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.  
Qog‘oz  pullar  ta’minlanmagan,  asl  qiymatga  ega  pullar  bo‘lmaganligi  sababli  ayrim 
davlatlarda  muomalaga  chiqarilgan  pullar  dastlabki  davrlarda  to‘lov  vositasi  sifatida  hisob  – 
kitoblarda  keng qo‘llanilishida muammolar  uchrab  turgan.  Buning  oldini  olish  maqsadida og‘ir 
choralar qo‘llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‘oz pulning o‘ziga uni to‘lov vositasi sifatida qabul 
qilmagan shaxsning boshi kesilishi qayd etilgan, Frantsiyada 25 yil qamoq jazosi, ba’zi hollarda 
o‘lim  jazosi  ham  qo‘llanilgan.  Angliyada  chiqarilgan  qog‘oz  pullarni  to‘lov  vositasi  sifatida 
qabul qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‘oz pullar bevosita va bilvosita ta’minlangan edi. 
Bevosita ta’minlangani oltin  tangalar bilan, davlatning soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni 
shu qog‘oz pullarda qabul qilishi bilvosita ta’minlanganligi sifatida belgilab qo‘yildi. 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  “emissiya  qilish”  va  “muomalaga  pul  chiqarish”  tarzidagi 
ma’nosi  bir  –  biriga  yaqin  bo‘lgan  iqtisodiy  terminlarni  uchratamiz.  Biroq  bu  ikki  iqtisodiy 
termin ma’nosi va iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi. 
Naqd  pullarni  muomalga  emissiya  qilinishi  iqtisodiyotda  pul  massasining  hajmini 
oshiradi.  Bu  ishni  mamlakat  Markaziy  banki  amalga  oshiradi.  Muomalaga  naqd  pullarni 
chiqarish  esa  mavjud  pul  massasi  hajmini  o‘zgartirmagan  holda  tijorat  banklari  tomonidan 
amalga oshiradi.  
Mamlakatda  iqtisodiy  inqirozlar,  tabiiy  ofatlar  va  urushlar  ro‘y  berganda  davlatning 
xarajatlari  juda  ortib  ketardi.  Ushbu  xarajatlar  davlatning  topshirig‘i  bilan  muomalaga 
chiqariladigan qo‘shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz pullarning 
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.    
Shuning  uchun  ham  qog‘oz  pullar  asl  qiymatga  ega  bo‘lmagan,  o‘rinbosar  pullar 
hisoblanib,  ularni  doimiy  ravishda  tartibga  solib  borish  va  tegishli  nazoratni  amalga  oshirishni 
talab etadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin