Elektron pullar
Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, shuningdek,
texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asrning ikkinchi yarmidan elektron
pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‘lov instrumenti bo‘lib – plastik kartalar
hisoblanadi.
Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish
imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli
to‘lov hujjat hisoblanadi.
Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ko‘p.
Xususan:
– kishi 1, 2, 3 mln so‘mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bunday
muammo mavjud emas;
– hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ularni begona
shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslarni foydalanish imkoniyati
juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani
yo‘qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo‘yicha to‘lovlarni
to‘xtatib qo‘yish mumkin;
– banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va mijozlarga berish
kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi;
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi vaqtinchalik
foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz to‘lashi mumkin.
O‘zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Plastik kartochkalar asosida
hisob – kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” 445 – sonli
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi “Plastik kartochkalar
asosida naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora –
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan
foydalangan holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 1325 – sonli Qarorlari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bo‘lib, ularning soni
yildan – yilga ortib bormoqda.
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan hisob – kitoblar
samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun
terminallarni ko‘paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazish jarayonini
yanada takomillashirish;
– barcha bank bo‘limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‘yicha ham naqd
pullarni yechishlishini ta’minlash kabi ishlarni yo‘lga qo‘yish lozim.
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat banklari, tegishli
muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalaritomonidan amlaga oshirilayotgan ishlar plastik
kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi.
|