O‘zbekistonda qog‘oz pullar1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga
chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000,2000, 3000,
5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga
Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilda Buxoro
amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi, hamda ularni
bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya’ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan
qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali
rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl
nominalda muomalaga chiqarilgan.
1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali
yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan.
Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyatsiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor
ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila
boshlagan
3
.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini
rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar
o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz
yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va tsivilizatsiyasi
juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.