bo’lsada, boy va kambag’allar o’rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud
bo’lib, bu esa o’z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab
bo’lar edi. Shu bois, XTTB o’z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni
hal qilishga yo’naltira boshladi.
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli
iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda
takomillashtirib o’zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz
bergan moliyaviy – iqtisodiy inqirozlarni bo’lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid
ostiga olindi.
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi
keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30
foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning asosiy qismi davlat
boshqaruvi hissasiga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Bu XTTBning kredit
siyosatini unga a’zo – mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy
jarayonlar natijasida o’zgarib boaryotganligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: