XVJning maxsus hisob – kitob valyutasi hisoblangan SDR (Spetsialnix prav
zaimstvovaniya, Maxsus ayirboshlash huquqi)ning rasmiy kursi SDR savatchasiga
kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. Quyida XVJning SDR savatchasiga
kiritilgan valyutalar va ularning ulushi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan SDR savatchisida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga to’g’ri
kelganligini kuzatish mumkin, keyingi o’rinlarda Evropa ittifoqiga a’zo
mamlakatlarda amal qiladigan evro pul birligi egallab turibdi.
XVJda ovozlar “tortilgan” tamoyilga amal qilib, a’zo – mamlakatlar
ularning jamg’armadagi a’zolik badali miqdoridan qa’tiy nazar 250 “asosiy”
ovozga ega bo’lib, har bir qo’shimcha ovoz uchun 100 ming SDR badal to’lanishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: