XVJda hozirgi paytda, 2004 yil 7 sentyabr holatiga, eng yuqori ovoz
AQSh – 17,1%, Yaponiya – 6,1%, Germaniya – 6,0%, Buyuk Britaniya va
Frantsiya – 4,9%, Italiya va Saudiya Arabistoni 3,2%, Kanada, Xitoy va Rossiya
2,7% mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi. Jamg’armada Evropa ittifoqiga a’zo
bo’lgan 15 ta mamlakat hissasiga 29,8% va IXTRga a’zo bo’lgan 30 ta
rivojlangan mamlakat 64,5% ovozni, qolgan 35,5 foiz ovoz esa a’zo –
mamlakatlarning 84% hissasiga to’g’ri keladi. Jamg’armada kvotalarning
taqsimlanishi 5 yilda bir marta ko’riladi.
Jamg’armaga a’zo – mamlakatlar soni ortib borishi barobarida unga
to’lanadigan a’zolik badali hajmi 1947 yilda 7,7 mlrd SDRdan 2004 yil 30 aprel
holatiga 212,8 mlrd SDR (308,9 mlrd AQSh dollari)ga yoki 28 martga ortgan.
Biroq, jamg’armaning kapital miqdori o’sishi dunyo YaIMga nisbatan judayam
past darajada qolmoqda. Bu o’z navbatida XVJning oldida turgan vazifalarni to’liq
bajarishga imkoniyat bermayapti.