ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar O’zbekistonda asosan paxta va
neftni qayta ishlash, qurilish, tekstil va tog’kon sanoati, temir yo’l transporti, bank
sektori va qimmatbaxo qog’ozlar bozori sohalariga yo’naltirilgan. Bundan tashqari
bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, turizm va energetikani rivojlanishida
faol ishtirok etmoqda.
ETTB ning 60 mln dollar qiymatidagi birinchi kredit liniyani kichik biznesni
qo’llab quvvatlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki orqali
amalga oshirildi. Ushbu kredit liniyasi orqali umumiy qiymati 96,47 mln dollarlik
21 ta loyixa 1996 yil nihoyasiga etdi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi omillardan biri, bozorda
sog’lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2002 yilning 7 –
9 avgust kunlari Evropa tiklanish taraqqiyot banki, Jaxon tiklanish va taraqqiyot
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida
O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari va telekommunikatsiya sohasidagi
qonunchilik xolati bo’yicha “aylana stol” tashkil etildi.
1995 – 1996 yillarda bevosita ETTB ishtiroki bilan O’zbekistonda
“O’zbeklizing Interneyshnl” lizing kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu loyihaga
ETTB 0,9 mln.dollar kompaniya ustav kapitalining 15 % ni yo’naltirdi.
ETTB Yaponiya xukumati bilan kelishgan holda O’zbekistonda BAS
dasturini amalga oshirdi. Dastur maqsadi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan
maxsulotlarni sertifikatlashtirish va tashqi bozorga olib chiqishdan iborat. Bu
dastur bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 10 ta davlatda amal qilib,
eksport korxonalarining sertifikatlashtirish bilan bog’liq 50 % harajatlarini
qoplaydi.
Dostları ilə paylaş: