Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan
summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida
muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb
qilinishi amal qilmaydi.
Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSh,
Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin
tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish
quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada
bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700
funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215
ming franka baholanar edi.
Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya,
Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar)
oltin deviz standarti amal qilar edi.
Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni
oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi.
Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi
vujudga keldi.
1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi natijasida
oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh
dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro
va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi.
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi,
bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va
tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi;
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul
belgilari chiqarildi;
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay
boshladi;
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi,
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: