Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi
barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va
takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy
jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan:
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala
vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha
funktsiyalari namoyon bo‘ladi;
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion
tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.