Mazkur qarorda 1961 – 1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50
va 100 rubl bo‘lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to‘lov vositasi sifatida
muomalada bo‘lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993
yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10 va 25 rubl bo‘lgan kupyuralar esa, 1994 yil
1 yanvargacha muomalada bo‘ldi. Ushbu banknotlarni 1993 yil 6 dekabrdan
boshlab Jamg‘armabank muassasalari tomonidan omonatlarga qabul qilish
to‘xtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasi hududida «so‘m – kupon»larning muomalada bo‘lish
tartibini
yanada
takomillashtirish
chora
– tadbirlari to‘g‘risida» gi
qaroridaO‘zbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 15 noyabrda muomalaga
chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5.000, 10.000 bo‘lgan
so‘m – kuponlar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Bunda,
Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi banknotlari
dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘m – kuponlar bilan bir
qatorda cheklovlarsiz to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi.
Shu tarzda, 1993 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida
quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo‘ldi: so‘m – kuponlar, sobiq SSSR
Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo‘lgan kupyuralari va Rossiya Davlat
bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda
qabul qilingan «Pul muomalasini mustahkamlash va “so‘m – kupon” xarid
qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora – tadbirlari to‘g‘risda»gi
qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so‘mning xarid qobiliyatini oshirish
uchun zarur shart – sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu qarorga
muvofiq, 1994 yil 15 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida
Rossiya banki banknotlarining muomalada bo‘lishi hamda yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan turli to‘lovlarga qabul qilinishi ta’qiqlab qo‘yildi
21
.
Dostları ilə paylaş: