Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
ketishi  natijasida  muomaladagi  qog‘oz  va  tanga  pullarning  sotib  olish 
qobiliyatining pasayishidir”. 
Tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  ortib  ketishini  har  doim  ham  inflyatsiya 
sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli 
tovarlar  va  xizmatlar  massasi  bilan  ta’minlanmasligi  natijasida  ularning  bahosi 
ortsagina bunday holat inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha 
pul massasi paydo bo‘lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib 
ketishi  natijasida  bozor  kon’yukturasining  o‘zgarishi,  ya’ni  bozorda  tovarlar  va 
xizmatlar  bahosining  ortib  ketishi  iqtisodiyotda  inflyatsiya  mavjudligini 
anglatmaydi.  Bunday  holatda  baholarning  ortishi  noinfiliatsion  omillar  ta’siri 
natijasida  paydo  bo‘ladi.  Xususan,  iqtisodiy  va  tabiiy  resurslarning  taqchilligi 
natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi 
natijasida  kam  hajmdagi  sifatli  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  ortib  ketishi 
kabilar shular jumlasidandir. 
Umuman  olganda,  ta’kidlash  joizki,  iqtisodiyotda  inflyatsiyaning  vujudga 
kelishi  muomalada  pul  mablag‘lari  hajmining  haddan  ortiq  ko‘payishi  natijasida 
pul  muomalasi  bilan  bog‘liq  iqtisodiy  inqirozdan  dalolat  beradi.  Bu  tovarlar  va 
xizmatlar  umumiy  bahosining  sezilarli  sur’atlarda  o‘sib  borishida  (1),  tovarlar  va 
xizmatlar  taqchilligida  (2),  rezidentlarning  milliy  valyutadan  “qochishi”,  ya’ni 
ularning xorijiy valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib 
borishida  (3),  milliy  valyutaning  xorijiy  valyutalarga  nisbatan  kursining 
pasayishida  (4),  mablag‘larni  ko‘chmas  mulklarga  joylashtirilishida  (5),  tovar  va 
                                                           
25
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Щegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. –S. 81. 
26
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 71 – b.  
 


xizmatlarning  baholarini  boshqa  barqaror  pul  birliklariga  bog‘lab  aniqlash 
kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari mavjud bo‘lib, 
ulardan  asosiylari  iste’mol  baholari  indeksi  (1)  va  inflyatsiya  darajasini  (2) 
aniqlovchi tengliklar hisoblanadi. 
 
%
100
ЎДИКБ
ЖДИКБ
ИБИ


(1) 
bu yerda: 
2.  IBI – iste’mol baholari indeksi; 
3.  JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari; 
4.  O‘DIKB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari. 
 
100
I
I
I
.
0
иб
0
иб
1
иб



даражаси
Инф
            (2) 
 
bu yerda: 
5. 
1
иб
I
– joriy davr iste’mol baholari; 
6. 
0
иб
I
– bazaviy davr iste’mol baholari. 
Iste’mol  savatchasi  –  odamlarning  birinchi  darajali  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun zarur bo‘lgan tovar  va xizmatlar  yig‘indisi.  Iste’mol  savatchasi  yordamida 
odamlarning yashash uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori 
hisob  –  kitob  qilinadi.  Iste’mol  savatchasiga  Rossiyada  407  ta,  AQShda  300  ta, 
Frantsiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi 
kiradi. 
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda  namoyon 
bo‘lishi mumkin: 

  sudraluvchan inflyatsiya; 

  shiddatli inflyatsiya; 

  giperinflyatsiya; 

  kutilgan va kutilmagan inflyatsiya; 

  ochiq inflyatsiya; 

  yopiq inflyatsiya; 



  talab xarajatlar inflyatsiyasi; 

  taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi. 
Sudraluvchan  inflyatsiya  sharoitida  baholar  yiliga  6  –  8  foiz  miqdorida 
o‘sishi  kuzatiladi.  Sudraluvchan  inflyatsiya  juda  ko‘p  mamlakatlar  iqtisodiyotiga 
xos  bo‘lib,  milliy  iqtisodiyotga  sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatmaydi.    G‘arbiy 
Yevropa  mamlakatlari  iqtisodchilari  ushbu  inflyatsiya  sharoitida  iqtisodiyotning 
rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.   
Shiddatli  inflyatsiya  davrida  baholarning  darajasi  yil  davomida  20  foizdan 
200  foizgacha  o‘sadi.  Inflyatsiya  darajasi  sezilarli  ravishda  shiddat  bilan  ortib 
boradi,  uning  darajasi  ortib  borgan  sari  milliy  iqtisodiyotga  salbiy  ta’sir  sezilib 
boradi.  Aholining  milliy  valyutaga  nisbatan  ishonchi  pasayib,  o‘z  mablag‘larini 
ko‘chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy  mamlakatlarning barqaror 
valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.   
Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, 
asosan  giperinflyatsiya  sharoitida  tovarlar  va  xizmatlarning  bahosi  astronomik 
darajada  ortib,  yiliga  1000  foiz,  oyiga  100  foiz  darajasida  o‘sishi  kuzatiladi. 
Mamlakatda iqtisodiyotni boshыarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – 
kredit siyosati to‘liq izdan chiqib ketadi.  
Giperinflyatsiya  birinchi  jahon  urushidan  keyin  Germaniya  iqtisodiyotiga 
juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya 
nima  ekanligini  shunda  bilganman.  Mening  oylik  ish  haqim  ikki  yuz  milliard 
markani  tashkil  etar  edi.  Ish  haqi  bir  kunda  ikki  marta  berilar  edi,  ish  haqi 
berilgandan so‘ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib 
kursni  ikki  martaga  oshib  ketishidan  va  olgan  ish  haqimiz  o‘z  qiymatini 
yo‘qotishidan  qo‘rqib  qandaydir  tovar  yoki  iste’mol  mollarini  sotib  olish  uchun 
do‘konlarga yugurar edik
27
”.  
Kutilgan  inflyatsiya  mamlakatdagi  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  asosida 
prognoz  qilinib,  uning  yuz  berishi  oldindan  ma’lum  bo‘ladi.  Buning  ijobiy  jihati 
shundaki,  davlat  byudjeti  xarajatlari  va  aholining  kelgusidagi  xarajatlari  shunga 
monand  ravishda  oshib  borishi  oldindan  ma’lum  bo‘ladi.  Buning  uchun  davlat, 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  kelgusiga  mo‘ljallangan  rejalarini  oldindan  tuzib, 
shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.  
Kutilmagan  inflyatsiya  iqtisodiyotda  yuz  beradigan  ko‘zda  tutilmagan 
iqtisodiy  inqirozlar,  ziddiyatlar,  urushlar,  qurg‘oqchilik  va  boshqa  holatlarda  yuz 
berishi mumkin. 
                                                           
27
Remark E.M. Tri tovariщa. –M.: 1985. S.196. 


Ochiq  inflyatsiya  mamlakatda  tovarlar  va  xizmatlar  bahosini  ortib  borishi 
bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va 
uni  bartaraf  etish  yuzasidan  ochiqchasiga  tegishli  chora  –  tadbirlar  amalga 
oshiriladi. 
Yopiq  inflyatsiya  sharoitida  tovar  va  xizmatlar  bahosi  sun’iy  ravishda 
pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq 
inflyatsiya  sharotida  aholi  mamlakatdagi  real  inflyatsiya  darajasi  haqida  aniq 
ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.      
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga 
nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi 
ortib ketadi.  
Taklif  (xarajatlar)  inflyatsiyasi  ishlab  chiqarish  vositalari  va  resurslaridan 
samarali  foydalanilmaslik  oqibatida  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ortib  ketadi,  tovar 
va  xizmatlar  bahosi  ko‘tariladi.  Natijada  aholining  real  daromadlariga  nisbatan 
tovarlar  va  xizmatlarning  bahosi  nomutanosib  ravishda  tez  ko‘tarilib  ketadi. 
Dastlabki  bosqichda  muomaladagi  ortiqcha  pul  massasi  mamlakatda  ishlab 
chiqarish  va  realizatsiya  jarayonlarini  tezlashtirish  hamda  ishsizlik  darajasini 
pasaytirish  hisobiga  baholarning  muvozanatligini  ta’minlaydi.  Natijada,  ishlab 
chiqarish  rivojlanib,  ishsizlik  darajasi  pasayishi  natijasida  mamlakatda  tovarlar 
hajmi  ortishi  talabni  qondirish  bilan  birga,  undan  ortib  ketadi.  Bu  o‘z  navbatida, 
ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin