Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning barcha
funktsiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullarni keyinchalik ularning o‘rinbosarlari
hisoblangan qog‘oz pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy
qiymatga ega bo‘lgan metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish mumkinligini va
uning tabiatini tasavvur qila olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda ham qog‘oz pullar
Xitoyda juda keng miqyosda to‘lov vositasini bajarar edi.
Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullarni tovar ayirboshlash
munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy –
iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar.
Uchinchidan, metallik pul nazariyachilari ta’limotida boylikning asosini
savdo tashkil etadi, boylikning asosini oltin va boshqa qimmatbaho metallarni
jamg‘arishda degan noto‘g‘ri tasavvur mavjud edi. Bu jamiyatda har qanday
boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho metallar emas, balki boylik kishilarning
moddiy va ma’naviy jihatdan yetukligi hamda har qanday boylikning asosida
mehnat yotishini inkor etishdi.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida metallik pul nazariyasi bozor
iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to‘liq qondirmay qoldi, bu ushbu
nazariyaning o‘z o‘rini yo‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq muddat
davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki metallik pul nazariyasini yoqlab
nemis (K.Knis, 1821 – 1898 yy.), ikkinchi jahon urushidan keyin amerkalik
(M.Xalpern), frantsuz (Sh.Rist, A.Tulemon, J.Ryueff, M.Debre), angliyalik
(R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu
bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari
hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi
muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz
pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda ma’lum
ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z
o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining
vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Dostları ilə paylaş: