6.4. Inflyatsiyaga qarshi siyosat Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy
siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha,
uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi:
– umumiy talabni tartibga solish;
– umumiy taklifni tartibga solish.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash