Pul, kredit va banklar


Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
 
6.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari 
Inflyatsiya  –  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi,  iqtisodiyotda  tovar 
massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. 
Inflyatsiyani  vujudga  kelishiga  qator  omillar  ta’sir  qilib,  ularni  ichki  va  tashqi 
omillarga ajratish mumkin.  
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga 
nisbatan  ishonchning  pasayishi,  mamlakatning  nomutanosib  to‘lov  balansi 
kabilarni kiritish mumkin.  
Tashqi  omillarga  mamlakat  tashqi  siyosatining  beqarorligi,  iqtisodiy 
inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish 
mumkin. 


Ta’kidlash  joizki,  oltin  va  kumush  tangalar  pul  vazifasini  bajargan  davrda 
iqtisodiyotda  inflyatsiya  muammosi  mavjud  bo‘lmagan.  Metall  pullar  o‘rnini 
qog‘oz  va  tanga  pullar  egallagandan  so‘ng  iqtisodiyotda  inflyatsiya  bilan  bog‘liq 
ziddiyatli  holatlar  vujudga  kela  boshladi.  Chunki,  qog‘oz  va  tanga  pullar  o‘zida 
haqiqiy  qiymatni  aks  ettirmaydi.  Dastlabki  davrda  ushbu  pullar  oltin  va  kumush 
metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. 
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishiga  muomala  va  ishlab  chiqarish  sohasi, 
shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi.   
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishida  pul  muomalasi  omillariga  byudjet 
taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, 
iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat 
pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining 
eksport  hajmidan  ortib  ketishi,  tovarlar  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  va 
sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy 
munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishining  asosiy  sabablaridan  biri  iqtisodiyotdagi 
yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o‘rtasidagi  muvozanatning  buzilishidir.  Inflyatsiya 
sharoitida  kapital  ishlab  chiqarish  doirasidan  muomala  doirasiga  oqib  o‘ta 
boshlaydi,  chunki  ishlab  chiqarish  jarayoni  iqtisodiy  jihatdan  samarasiz  sohaga 
aylanib  boradi.  Muomala  jarayoni  ko‘p  vaqtni  talab  etmaganligi  bois,  dastlabki 
bosqichlarda  uning  ishtirokchilariga  ma’lum  miqdorda  iqtisodiy  foyda  keltiradi, 
lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi 
o‘z – o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida 
jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.     
Inflyatsiyani  keltirib  chiqaruvchi  birinchi  sabab  –  mamlakatda  bozor 
mexanizmlarining  to‘liq  joriy  etilmasligi,  davlatning  byudjet  daromadlari  va 
xarajatlari  ustidan  monopol  tartibini  joriy  etishi  hisoblanadi.  Bunda  davlat 
byudjetining  daromadlaridan  ortiqcha  bo‘lgan  xarajatlar,  ya’ni  byudjet  taqchilligi 
muomalaga  qo‘shimcha  pullar  chiqarish  yo‘li  bilan  qoplanadi.    Byudjet 
taqchilligini  qoplash  uchun  muomalaga  chiqarilgan  pullar  tovar  moddiy 
qiymatliklari  bilan  ta’minlanmaganligi  oqibatida  mamlakatda  inflyatsiya 
darajasining ortishiga olib keladi.   

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin