qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan
nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni
muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab
qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning
qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va
ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli
hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan
birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta
miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning
haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya
sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta
miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida
inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan
chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar
moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish
hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish
va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu
vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining qiymatini
yo‘qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning
markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu
tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi
ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan
ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish
tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali
davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy
qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga
emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha
jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi
to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor
iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning
amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan
muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar
moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini
mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat
unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy
pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: