yalpi taklifni tartibga solishga
qaratiladi.
Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan
ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga
imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi
nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin,
mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning
asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu
bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi
davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga
keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga
emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo‘li bilan bartaraf etish
lozimligini ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini
qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha,
buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi,
samarasiz xo‘jalik sub’ektlari bankrot bo‘ladi, mamlakatda kuchli raqobat
muhitishakllanadi. Bular o‘z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining
tushishiga olib keladi.
Ko‘pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va
monetaristik yo‘nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga
joriy etadi.