mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o‘rtasida bir – biridan jiddiy
farq qiladigan jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy
– iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida
ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‘lib, ushbu
manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi.
Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy manfaatdorlik (foyda)ni foiz
ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligini ta’minlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Kredit munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday
shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim emas, asosiysi
berilgan kredit o‘z vaqtida va tegishli foiz to‘lovi bilan to‘liq qaytishi muhim
hisoblanadi.
Qarz munosabatlarida esa qarz beruvchi uchun birlamchi masala shaxs
hisoblansa, berilayotgan qarz summasi uchun tegishli manfaatdorlikni ustama
to‘lov sifatida olishga umid bog‘lamaydi, ya’ni ko‘pchilik hollarda berilgan qarz
uchun qo‘shimcha haq talab etilmaydi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi, tovar – pul munosabatlarining
mavjudligi, ishlab chiqarish tsiklining davriyligi, o‘zaro iqtisodiy manfaatlarning
bir – biriga mos kelishi kreditning zarurligiga zamin yaratuvchi asosiy omillar
bo‘lib qolaveradi. Kredit munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchilar, mavjud
ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu darajada yoki ko‘rinishda
namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: