www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Muhama-ad annasafiy (a.r.) hazratlaridan she’r aytganlar:
Kamolot kasbkim, olam uyidin
Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak-biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Olim agar qatiy amal aylasa,
Ilmig’a shoyista amal aylasa,
Ani sharaf gavharini koni bil,
Gavharu kon, har ne desang oni bil!..
Kimki, bu iqbol anga bo’lg’ay nasib,
Solmasa dunyo sari ko’z, ne ajib,
Egnida gar xirqasi yuz chok erur,
Gulga to’ni yirtug’i ne bok erur,
Kungaki, uryonliq erur ziynati,
Тiyra bo’lur, bo’lsa bulut xil’ati.
Shariati ko’rsatmalari, buyruq va qaytariqlariga qat’iy amal qiluvchi, shariat chegarasini muhofaza
etuv-chi bo’l! Besh vaqt namoz va boshqa ibodatlaringga mus-tahkam va bardavom bo’l! Shu holingda
shariat ilmlarini talab qil! Yaxshilar va yaxshiliklarga suyan! Poklikdan quvvat, madad ol! Mana
shunda kamol topasan, ilmu irfon dengizida baliq kabi suzasan, olimu faqih bo’lib yetishasan! Yolg’iz
Allohning fazlu inoyatiga umid-vor bo’l! Zehningni o’zi muhofaza qilishini shikastalik bilan so’ragin!
Allohu xoyrun hofizan!
Yana debdilar:
-Ey, farzandlarim! Alloh va uning paygambariga hamda ustozlaringizga itoat qilinglar! Ularga so’zsiz
bo’ysuninglar! O’z maqsadingiz yo’lida jiddi-jahd qilib tiri-shinglar! Zinhor dangasalik va beparvolik
qilmanglar! Bizlarni yo’kdan bor qilgan parvardigoringiz xuzuriga qaytishingizni yodingizdan
chiqarmang! Kechalari bamay-lixotir yonboshingizni ko’rpaga ko’yib uykuga yotmang! Zero, yaxshi
insonlar kechalari kam uxlab, uni rabbilariga tazarru, ibodat va duoyu istig’for bilan o’tkazadilar.
Тalaba doim kichik daftarcha (bloknot) va yozuv kurollari olib yurishni odat qilsin! Zarur
ma’lumotlarni darhol yozib olish imkoniyati hosil bo’ladi. Ba’zi donishmandlar:
kimning cho’ntagida daftar yurmas,
Qalbiga hikmat ham kirmas,- deb ogohlantirganlar.
Dostları ilə paylaş: |