www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Тalaba ulug’ yoshlik mo’ysafid, ilmli kishilarni g’animat bilmog’i kerak. Bu zotlardan, ilmidan
foydalansin. Ilmlari bo’lmasa, kamoli odobi bilan hushnud qilib, duolarini olsin! Shunday foydalana
olmasa, hech qaytarib bo’lmas xatoga yo’l qo’yishi mumkin. Zero, qo’ldan boy berilgan narsani
o’rnini bosadiganini topish mumkin emasdir. Bu hakda shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy
hazratlari o’z ustozi, shayxi haqida shunday deganlar:
-Qancha shayxlar, ustozlarga yetishdim, qanchalarining suhbatlarida bo’ldim. Ko’ngildagidek
xizmatlarini qilib, ulardan foydalanib, duolarini ola bilmabman! Fayzu futuxsh irshodlaridan
bahramand bo’lolmabman!
Hazrati Ali karramallohu vajhahul karim:
-Agar bir ishni bajarishga bel bog’lasang, ishni oxiriga yetkaz! Oxiriga yetkazishdan bosh tortma!
Ammo Al-lohning ilmidan yuz o’girishing, xorlanishing va xas-ratga tushmog’ingga kifoyadir. Ilm
o’rganishdan bosh tortishlik musibatlar so’ngidan keladigan nadomatlarga yetarlidir. Shuning uchun,
har damda bundan Allohning dargohidan panoh so’ra!- deganlar.
Bir donishmand:
-Men senda o’zini aziz va muhtaram bo’lishni xohla-yotgan nafsni ko’rdim. Ammo, izzatu ikromga
mana shu nafsni xor qilmaguncha zinhor erishmaysan!- aytgan ekan.
Dostları ilə paylaş: |