www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Mehru qalbim rishtasin tutmoquchun.
Lek aytdim anga: mani qo’ygin xoliy,
Qalbimda yo’kdur makon sanga,
Ilm rishtasin tutmoq uchun.
Ilm taqvo va fazilatga yo’lboshchi,
Anglakim, barcha boyliklar sardori.
Ziyrakligi, donoligi bilan meni o’ziga bog’lab olgan va yanoqlarining yashnashi va ko’zlarining
malohati bilan meni rom qilgan zotga salomlar bo’lsin! Meni shunday koyidiki, bir go’zal, malohatlik
jonon yoqtirib qoldi. Uning vasfini aniq tasvirlashga, xulqu ko’rinishini maromiga yetkazib sifatlashga
aql hayron qoldi. Shunda unga: «Meni xoli qo’y! Uzrlarimni qabul et!
Хohishlaringga yurolmayman.
Chunki, men vujudimni ilm olishga bag’ishlaganman! Qalbimni faqat shu kuchli o’rab olgan. Bilsang,
men ulug’ fazilat, parhez va taqvo talabidaman. Bu barcha boyliklardan ham bebahodir. U dunyo
muhabbatini tanimoqdan ham behojat qilur!»- dedim.
Ammo yodda saqlamaslikni ushbu ishlar ham sodir etadi:
-xom piyoz, nordon olmalar yeyish;
-osib qo’yilgan narsalarga qarash, masalan: yuvilgan kirlar va shu kabilar; shuningdek,
-qabristondagi yozuvlarni o’qish;
-tuyalarni orasidan o’tish;
-bit-burgani o’ldirmay tashlash hamda
-kumush asboblar bilan yelkadan qon oldirish - bularning hammasi zehnni zaiflashuvini keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |