13-FASL. RIZQ HAMDA UMRNI ZIYODA VA KAM QILADIGANLAR
ТO’G’RISIDA
Shubhasiz, tolibi ilm nima ovqat yeyayotganiga e’ti-bor bermog’i shartdir. Halol, pokhamda shubha,
makruhlardan va albatta, haromdan xoliy bo’lmog’iga qattiq harakat qilmog’i kerak. Barcha ozuqalar
bu jasadning quvvatini ta’minlasa, inson shu kuvvat bilan dunyo va oxirat ishlarini bajaradi, ibodat
qiladi, ilm o’rganadi va kasb-xunar qiladi. Shuning uchun, tolib ozuqasiga tegishli barcha ilmlardan
boxabar bo’lmog’i, ularni og’ishmay tatbiq et-mog’i zarurdir. Nima taomlariga baraka keltiradi va
mahrum etadi, buni yaxshi bilmog’i kerak bo’ladi. Shuningdek, umr va salomatlikki ziyoda va
mustahkam qiladiganlarni ham yaxshi bilishi zarur. Shunda ilm uchun qilgan harakatlari zoye
ketmaydi, balki ilm va tajribalarini oshirishga imkoniyatlari kengroq bo’ladi. Ulug’lar bularning har
biri haqida ko’plab kitoblar yozganlar. Ushbu o’rinda shu kitoblarda bayon qilingan ba’zi zaruriy
masalalarni keltiramiz.
Janob payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.):
-Alloh taoloning belgilab qo’ygan taqdirini hech narsa o’zgartira olmaydi, faqat duogina, u ham taqdiri
ilohiy ila o’zgartirishi mumkindir.
Alloh belgilagan takdirdagi inson umri ham biron sabab bilan uzayishi yoki kamayishi mumkin emas,
ammo yaxshilik umrni ziyoda qiladi,- deganlar. Ushbu hadisi sharifni davomida:
-Haqiqatda kishi yo’l qo’ygan kamchiligi va gunohi bilan rizqnasibasini kesib ko’yadi, boridan ham
mah-rum bo’lib qoladi, - deydilar.
Ushbu muborak hadis gunohukamchiliklar inson rizqini kamayishiga sabab ekanini bildirayapti. Rizqni
kamayishini keltiradigan omillardan biri yolg’onchi-lik bo’lib, janob Rasululloh (s.a.v.):
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |