Technical Report


Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix13.01.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#51226
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Baxtiyorova Diyora

5.Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish. 

Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. 

Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va 

mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda. 

Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat: 

 



Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami; 

 



Ishchi xotira; 

 



Chiqarish mexanizmi. 


24 

 

Bu  tizimda  biror  masala  yechilganda:  bilimlar  bazasida  kerakli  qoidalar 



to'planadi,  muayyam  masalaga  taalluqli  to'plangan  bilimlar,  qoidalar  asosiy  ishchi 

xotirasida  ishlanadi  va  yangi  qonun-qoidalar  natija  sifatida  chiqarish  mexanizmi 

orqali olinadi. 

Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi: 

birinchi  usulda  ishchi  xotiralardagi  boshlang'ich informatsiyani  olish,  boshqa 

yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri 

zanjirli fikrlash deyiladi. 

Bilimlarga  asoslangan tizimlar  qo'llanilish  sohasini bir  nechta asosiy  sinflarga 

guruhlash mumkin: 

Bular  tibbiyot  diagnostikasi,  nazorat  qilish  va  boshqarish,  mexanika  va  elektr 

qurilmalar 

diagnostikasi, 

o'qitish 

va 


hokazo. 

 

Tibbiyot  diagnostikasi. Diagnostik  tizimlar  organizm  faoliyati  buzilishi  va  ularni 

keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN 

tizimi  eng  ko'p  tarqalgan  tizim  hisoblanadi  (u  davolanayotgan  odam  miningit  yoki 

bakterial  infeksiyalar  yuqtiril-ganda)  diagnostika  va  kuzatuv  olib  borish  uchun 

qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida 

ishlab  chiqilgan  edi.  Ayni  vaqtda  bu  tizim  mutaxassis  vrach  kabi  diagnoz  qo'yish 

imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni 

tibbiyot 

sohasida 

qo'llash 

imkoniyatini 

yaratadi. 

Prognozlash. Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi natija 

va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit egallash» DASTUR 

tizimi  bozorning  konyunktu-rasini  tahlil  qilib,  algoritmlarning  statistik  usullari 

yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan foydalani-shingizni 




25 

 

maslahat  berishi  mumkin.  Ular  bilimlarga  asoslangan  tizimlarga  kirmaydi,  chunki 



oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir. Sizning  mablag'ingizni 

bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan 

bo'lsa-da,  ob-havoni  oldindan  aytib  beruvchi  hosildorlik  va  yo'lovchilarning  sonini 

oldindan  aniqlovchi  ma'lumot  tizimlari  tobora  keng  qo'llanilmoqda.  Hatto  shaxsiy 

Komp’yuter ga oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin. 

Rejalashtirish. Rejalashtirish  tizimlari  ko'p  o'zgaruvchilar  ishlatiladigan 

masalalarda  aniq  bir  maqsadga  erishish  uchun  qo'llaniladi.  Savdo-sotiq  sohasida 

Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga 

foydalanuvchining  talablari  va  imkoniyatiga  mos  keluvchi  Komp’yuter  topish 

imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta 

ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing» 

kompaniyasi  ET  larni  kosmik  stansiyalarni  loyihalashtirish,  vertolyotlar  ta'miri  va 

samolyot  dvigatellarining  ishdan  chiqish  sabablarini  topishda  qo'llamoqdalar.  DEC 

firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos 

kelgan  holda  VAX  tipidagi  Komp’yuter  tizimlarining  tuzilishini  aniqlash  yoki 

o'zgartirish  uchun  xizmat  qiladi.  Shuning-dek,  DEC  tomonidan  yanada  kuchliroq 

bo'lgan  XKEL  tizimi  ishlab  chiqilgan.  U  XCON  tizimining  bilimlar  omborini  o'z 

ichiga  olgani  holda  foydalanuvchiga  kerakli  tuzilishdagi  hisoblash  tizimini  tanlash 

imkonini  beradi.  XKEL  XCON  dan  farq  qilgani  holda  interaktiv  bo'ladi. 

 

Interpretatsiyalash. Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum 

bir  xulosani 

keltirib 

chiqarish  imkoniyatiga 

egadir. 

Prokpector 

tizimi 

interpretatsiyalash  tipidagi  mashhur  tizimlardan  biri  hisoblanib,  9  ta  ekspertning 

bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta 

qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi. 




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin