Et larni ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari
ET lar ekspert-insonlarga nisbatan ma'lum yutuqlarga ega:
1. Ular shoshilinch xulosa chiqarmaydi.
2. Bu tizimlar bir-biriga bog'liq holda ishlab, eng yaxshi natija beradiganini
tanlaydi.
3. Bilimlar ombori juda katta bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan bilimlar,
mashina xotirasida abadiy qoladi. Inson esa cheklangan bilimlar omboriga ega
bo'lgani uchun, ko'p vaqt ishlatilmay kelgan ma'lumotlar esdan chiqib, yo'qolib
ketadi.
4. ETlarning «shovqin»ga bardoshi yuqoridir. Ekspert masala yechimi bilan
umuman bog'liq bo'lmagan tashqi ta'sirlar ostida noto'g'ri fikrga kelishi mumkin.
Boshqa sohalardagi bilimlardan xabarsiz ETlar shovqinga bardoshlidir. Vaqt o'tishi
bilan bilimlarga asoslangan tizimlar foydalanuvchi tomonidan bilimlar yozish va
tarqatish usuli sifatida qaralishi mumkin. Boshqa Komp’yuter dastur mahsulotlari
kabi ETlar ham masala yechish borasida insonning o'rnini bosa olmaydi, lekin
masalani tez va samarali hal etishi uchun mehnat quroli bo'lib xizmat qiladi.
29
5. Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol
bo'lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |