Markaziy bankning Xisob-kitob kassa markazlarida va tijorat banklarida:
23402 «Respublika byudjetining mablag’lari»
23404 «Respublika qaramog’idagi byudjet muassasalarining
mablag’lari»
■
23426 «Tuman, shahar byudjet byudjet mablag’lari»
23430 «Viloyat byudjet mablag’lari»
23432 «Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti mablag’lari» ■
Ushbu hisobvaraqalar bo’yicha operatsiyalarning o’tkazilishi va buxgalteriya
provodkalarning aks ettirilishi bilan keyingi paragraflarda tanishamiz.
95
2§. Respublika byudjetining daromadlari bo’yicha operatsiyalarning
kassaviy ijro etilishi, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi.
Byudjetning daromadlar qismi korxona tashkilot va tadbirkorlik bilan
shug’ullanuvchilardan olinadigan, hamda aholidan kelib tushadigan soliq va
tushumlardan iboratdir.
Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliq turlari undan ortiq bqlib ular
quyidagilardir:
-qo’shimcha qiymat solig’i;
-korxonalardan daromadidan olinadigan soliq;
-amortizatsiya fondidan ajratma;
-korxona, tashkilotlar
tomonidan
ishchi-xizmatchilarning daromadidan
olinadigan soliqning o’tkazilishi;
-mehnat xaqi fondidan ajratma;
-mulk solig’i;
-respublikadan tashqariga chiqariladigan tovarlardan
olinadigan soliq;
-er solig’i.
-davlat bojlari;
-tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar daromadidan soliq;
-transport egalaridan olinadigan soliqlar;
-reklama uchun soliqlar.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
Davlat byudjetig’a o’tkaziladigan barcha to’lovlar O’zbekiston Respublikasi banklari
tomonidan qabul qilinadi.
Byudjetga to’lanadigan soliq va boshqa tushumlar o’z-o’zini boshqarish idoralar
tomonidan qabul qilinishi va banklarga topshirilishi mumkin.
Soliq idoralari alohida shahar va tumanlar bo’yicha soliq
to’lovchilarning ro’yxatini O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligining 1993 yil 2 fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston
Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari tasniflagichi" da ko’rsatilgan
bo’limlari bo’yicha ko’rsatgan holda, keyingi hisobot yil uchun joriy yilning dekabr
oyida, byudjetning daromadlari
hisobvaraqalariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga taqdim etishlari
lozim.
Mahalliy soliqlar va daromadlar bo’yicha soliq to’lovchilarning
ro’yxatida, ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va daromadlarning nomi, to’lovlar
qaysi mahalliy byudjetga o’tkazilishi va moliya bo’limlarining (viloyat, shaxar va
tuman) tegishli hisobvaraqalari ko’rsatilgan bo’lishi lozim. '
Soliq idoralari yil davomida soliq to’lovchilar, shuninngdek soliqlar tarkibidagi
o’zgarishlar to’g’risida banklarga yozma ravishda xabar berishlari shart.
Byudjetga o’tkaziladigan soliqlar to’lovchilar, ya’ni yuridik
shaxslar tomonidan, to’lov. summasidan qat’iy nazar pul o’tkazish
yo’li bi.lan amalga oshiriladi.
■
Jismoniy shaxslar soliq va boshqa to’lovlarni, to’lov summalaridan qat’iy nazar,
naqd pul orqali yoki pul o’tkazish yo’li bilan to’lashi mumkin.
96
Byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha turdagi to’lovlar, to’lovchilar
joylashgan joyning .o’zida respublika va maxalliy byudjetlarning hisobvaraqlari
ochilgan banklarga o’tkazib boriladi.
O’zbekiston Reepublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 12 yanvarda
ro’yxatga olingan 60-sonli "O’zbekiston Respublikasi naqd pulsiz hisob-kitoblar
to’g’risida"gi Nizomga asosan ayrim turdagi to’lovlar bo’yicha qo’shimcha qiymat
solig’i va aktsiz solig’i summalari tovar
etkazib
beruvchilar to’lov
talabnomalarida, to’lov topshiriqromalarida, bundan
tashqari
akkredetivlardan
olingan mablag’lar hisobvaraqlari reestrlarida alohida ajratib ko’rsatiladi va
o’rnatilgan tartibda to’lovchi yoki tovar etkazib beruvchi joylashgan joyning o’zida
byudjetga o’tkaziladi.
Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli
byudjetlarning shaxsiy hisobvaraqalariga kirim qilinadi.
Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjeti mablag’lari» hisobvarag’iga
quyidagi mablag’lar kirim qilinadi:
- Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliqlar va daromadlar hisobidan
belgilangan miqdorda qilingan ajratmalar summasi;
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan
qisqa muddatli qarz summasi;
- Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib
tushgan mablag’lar;
- Moliya vazirligining boshqa hisobvaraqalaridagi mablag’lar.
Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha xarajatlar O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining 23402 "Respublika byudjetining mablag’lari"
hisobvarag’idagi qoldiq miqdorida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlarni o’tkazish uchun to’lovchilar, tovar etkazib
beruvchilar va soliq idoralari tomonidan banklarga taqdim
etilgan to’lov xujjatlarida (to’lov topshiriqnomasi, to’lov
talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi) soliq
to’lovchining identi-fikatsiya raqami
(INN), soliq oluvchiniig identifikatsiya raqami, bundan tashqari to’lov tekstida
to’lovning to’rtta belgili simvolini va «Davlat Soliq qo’mitasi to’lovlar
ma’lumotnomasi»ga asosan to’lovning nomi ko’rsatilishi lozim.
Bank buxgalteri to’lov topshiriqnomasining to’g’ri to’ldirilganligiga ishonch
hosil qilib, uni to’lovga qabul qiladi.
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarida mablag’
mavjud bo’lsa, ularning taqdim etgan to’lov topshiriqnomalariga asosan soliq va
daromadlar byudjetga o’tkazib beriladi.
Bunda quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi:
Debet 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218, ya’ni to’lovchilarning talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari.
Kredit 23402, respublika byudjetiiing mablag’lari.
Agar kelib tushayotgan soliqlar va boshka to’lovlar. maxalliy byudjetga kelib
tushayotgan bo’lsa, u holda tegishli byudjet hisobvaraqalari kreditlanadi.
Debet 20206, 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218
Kredit 23426, 23430, 23432 :
97
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida
mablag’lari etarli bo’lmasa banklarga taqdim etiltan to’lov hujjatlari 2-sonli
kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963 «Muddatida to’lanmagan hisob-
kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi.
Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib
tushgan pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998
yil 11 fevraldagi 406-sonli «Xo’jalik sub’ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul
mablag’larina hisobdan-chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma»ga asosan to’lovlar
amalga oshiriladi.
Moliya bo’limlari va soliq organlari o’z vaqtida byudjetga o’tkazmagan,
muddati o’tgan to’lovlarni undirish va boqimandalarni byudjet daromadlariga kiritish
uchun banklarga inkasso topshiriqnomalarini to’lov muddatini ko’rsatgan holda
taqdim etishlari lozim. Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlarida mablag’i bo’lmasa banklarga taqdim etilgan inkasso
topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963
«Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi va
o’rnatilgan tartibda to’lovlar amalga oshiriladi.
Banklarning aybi bilan soliq to’lovchilarning to’lov topshiriqnomalari va soliq-
moliya idoralarinnig inkasso topshiriqnomalari o’z vaqtida ijro etilmasa, banklar har
bir muddati o’tgan kun uchun qonunda belgilangan tartibda va miqdorda penya
to’laydi.
Davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va daromadlar, alohida yozilgan to’lov
hujjatlariga asosan pul o’tkazish yo’li bilan va naqd pul tqlash yqli bilan byudjet
daromadlarining shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi.
Maxalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli byudjetlarning
shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi.
Byudjet daromadlarining hisobvaraqlari orqali operatsiyalar
amalga oshirilsa, shu hisobraqamlardan ko’chirma va ilovalar soliq
idoralariga va tegishli daromadlarni boshqaradigan tashkilotlarga
o’rnatilgan tartibda har kuni beriladi.
:
Byudjet daromadlari hisobvaraqlaridan ko’chirmalar qilingan kundan
boshlab, uch kun mobaynida banklarga yozma e’tiroznoma bildirilmasa,
ko’chirmalar tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Soliq idoralari va daromadlarni boshqaradigan boshqa tashkilotlar va
muassasalar tomonidan to’lovlarni byudjetga o’tkazishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar
aniqlanganda, ular o’zlariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga bu xaqda yozma ravishda
xabar qilishlar shart. Shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar,
tuzatish orderlari bilan bartaraf etiladi.
Byudjetga o’tkazilgan mablag’larni kirim qilishda va hisobdan chiqarishda yo’l
qo’yilgan kamchiliklar banklar tomonidan aniqlanganda, bu kamchiliklar tuzatish
orderlari bilan mustaqil ravishda bartaraf qilinadi.
|