2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/145
tarix27.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#51645
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

5 Bob. Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarni 
rasmiylashtirish va hisobga olish 
 
1§. Davlat byudjetini kassaviy ijro etishning mazmuni 
 
O’zbekiston Respublikasi Markaz.iy banki Davlat byudjetining 
kassa ijrosini tashkil etadi. Davlat byudjeti - bu moliyaviy reja bo’lib ikki qismdan: 
daromadlar va xarajatlar qismidan iborat. 
Mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
Davlat byudjetiga turli xil soliq va to’lovlar o’tkaziladi. Bundan tashqari, barcha 
mulkchilik shaklidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa xujalik 
yurituvchi subektlar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan ish xaqi, 
rag’batlantirish hamda mukofot summalaridan va mehnat qonunchiligida belgilangan 
tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan boshqa daromadlar hisobidan 
daromad solig’i va badal summalarini ushlab qoladilar . 
Bular bilan birgalikda bojxona to’lovlari ham joriy 
qilingan. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha daromad va tushumlar davlat byudjetining 
daromadlar qismini tashkil etadi. Davlat byudjetining ikkinchi qismi bu - xarajatlar 
qismidir. Davlat byudjetining xarajatlari o’z ichiga mudofaa xarajatlarini, maorif, fan, 
texnika, sog’liqni saqlash, madaniy muassasalari va madaniy tadbirlar xarajatlarini 
oladi. Shu bilan birga davlat byudjeti xarajatlariga davlat apparatini ushlab turish 
xarajatlari kiradi. 
Demak, davlat byudjeti moliyaviy reja bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti bir yilga tuziladi va 
muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Oliy Majlis sessiyasiga taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjetini, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, 
viloyat, shahar, tumanlar byudjetlarini birlashtiradi Umumlashgan 
davlat byudjetini Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fond 
mablag’lari" tashkil etadi.  
O’zbekistonRespublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri - 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat byudjetining kassa 
ijrosini taminlashdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun Markaziy bank tomonidan 
«O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, kassa ijrosi to’g’risida» 1009-sonli 
yo’riqnoma ishlab chiqilgan. Bu yo’riqnoma Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 
2001 yil 12 yanvarda tasdiqlangan. 
 
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi 
yo’riqnoma «O’zbekiston .Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning 3-
moddasiga, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunning 27-moddasiga 
asosan Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning hisobini yuritish 
qonun-qoidalarni belgilaydi. 
Davlat byudjetini kassaviy ijro etish operatsiyalari deb barcha tijorat banklari 
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika va maxalliy byudjet 
foydasiga o’tkaziladigan soliqlarni, tushumlarni, byudjetdan tashqari fondlarga 


 
94
to’lanadigan to’lovlarni qabul qilish, kelib tushgan respublika byudjeti 
mablag’laridan mahalliy byudjetga ajratma qilish, byudjet kreditlarini ochish, ularni 
bankka o’tkazish, byudjet xarajatlarini amalga oshirish, yuqorida sanab o’tilgan 
operatsiyalarning barchasi bo’yicha hisobini yuritish kabilar tushuniladi. 
Lekin Markaziy bank davlat byudjetining kassa ijro qilish operatsiyalarini o’zi 
bevosita bajara olmaydi. Bu operatsiyalar tijorat banklariga yuklatilgan, chunki xalq 
xo’jaligining turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
o’z hisobvarag’larini Markaziy bankda emas, balki tijorat banklarida ochganlar. Shu 
sababli Markaziy bank o’zining davlat byudjetining kassaviy ijrosi bo’yicha 
operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi 
banklarida Davlat byudjetining kassa ijrosi bo’yicha operatsiyalarning hisobi 
quyidagi balans hisobvaraqlarida yuritiladi: 
Markaziy bankning Hisob-kitob markazlarida:  
21502 «Xukumat boshqaruv organlarining talab qilib olinguncha depozitlari» 
21506 «Boshqa vazirliklar va muassasalarninng talab qilib olinguncha 
depozitlari» 
21508 «Byudjetdan tashqari tashkilotlarning talab qilib 
olinguncha depozitlari»   
 
 
Tijorat banklarida: 
20202 «Hukumatning byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib 
olinguncha depozitlari» 
■ 
20203 «Respublika qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari»  
20204 «Mahalliy byudjet qaramog’idagi byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari mablag’lari bo’yicha talab qilib olinguncha depozitlari» 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin