40
2.3. O‟zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari
O‟zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting,
trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa
sport turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o‟ziga xos
xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo‟lgan obyektlar, ya‟ni alohida
muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan
landshaftlar, o‟simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib
borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiat komplekslari, tabiat yodgorliklari
ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
tayanch hududlar sifatida qaralmog‟i lozim. G‟arbiy Yevropa mamlakatlari
o‟zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo‟lganliklari sababli,
yildan yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo‟lgan qiziqishi tobora ortib
bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat
muhofazasining o‟rni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur‟atlarda rivojlanib borayotgan
turizm sohasiga aylandi. O‟zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza
qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o‟simliklar va hayvonot
dunyosini saqlash, ko‟paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini
ish bilan ta‟minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo‟shadi.
Hozirgi vaqtda O‟zbekiston hududida – qo‟riqxonalar, milliy bog‟lar, tabiatning
nodir yodgorliklari mavjud.
O‟zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164
km
2
maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo‟riqxonasi, 6061 km
2
maydonni tashkil
etgan 2 ta milliy bog‟ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‟paytirish “Jayron
ekomarkazi”, 12186 km
2
maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari
mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km
2
, yoki
O‟zbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik
bazasining,
servis
xizmatlarini
yaxshi
yaratilmaganligi
mamlakatimizda
41
ekoturizmni
rivojlanishiga
to‟sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan,
Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “O‟zbekiston Respublikasi 2006 – 2010
yillarda xizmat ko‟rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari
to‟g‟risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo‟yicha Respublikamizda ayrim ishlar
boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O‟zbekistonda ekoturizm yo‟nalishlari
«Ekosan» xalqaro jamg‟armasining ekoturizm bo‟linmasi tomonidan ishlab
chiqilmoqda. Yo‟nalishlar hozircha Zomin milliy bog‟i va Nurota qo‟riqxonalariga
uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo‟mitasi “O‟zbekiston Respublikasida ekologik turizmni
rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi.
O‟zbekiston tabiati rang – barang bo‟lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish
va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun
tog‟li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent
viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga
ega.
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog‟li
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog‟likni tiklash manbasi hisoblangan
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko‟ra bir – biridan
farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va
boshqa sog‟lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo,
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi
tog‟ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo‟lib, bu mintaqalarda dam olish
oromgohlarini tashkil etish ko‟paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi,
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta‟minlanib, iqtisodiy daromad oshadi.
Muzey turizmi turizmning xilma-xilligi bo‟lib, o‟ziga xos xususiyati
muzeylar va ularga yondashgan hududlardan turistik potensial sifatida foydalanish.
Muzeylar va turizmning hamkorligi tarixiy madaniyat va tabiat hududlari tizimi
shakllanishiga asoslangan.
42
Hozirgi vaqtda O‟zbekistonda 110 muzey bor. Ularning 28tasi (shu jumladan
yirik muzeylarning filiallari ham) vazirlik ixtiyorida. Turli kolleksiyaga ega
bo‟lgan muzeylarning mavjudligi O‟zbekistonning ijtimoiy va madaniy
rivojlanishini xususiyatlarini aks etdiradi. Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy
me‟rosimiz, xalqlar dini va e‟tiqoti, ularning an‟analari bilan tanishtirib,
yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o‟rgatadi.
Respublika muzeylarining ichida 3 ta muzey-qo‟riqxona: Samarqand, Buxoro,
Xiva («Ichan-Kala»); 3ta yirik badiiy muzeylari: O‟zbekiston Davlat san‟at muzeyi
(Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san‟ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy
nomidagi Davlat san‟at muzeyi mavjud.
O‟zbekistonda yagona bo‟lgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 yildan beri
mavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy muzeylardan
biri- O‟zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini o‟rganish bo‟yicha
ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda
katta kitob va qo‟lyozma jamgarmasiga ega. O‟zbekiston tibbiyot muzeyi
(Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, sanitariya va
gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor.
Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat sharafi muzeyi,
kino san‟ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy ko‟rgazma direksiyasi, RTVS
«O‟zeksposentr», U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G‟afur G‟ulom
muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o‟lka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo,
Urganchda badiiy galereyalar ochilgan.
Andijon, Namangan va boshqa bir qator shaharlarning o‟lkashunoslik
muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar mavjud. Bundan tashqari, Qarshi,
Urganch, Buxoro singari qadimiy tarixga ega shaharlar qanchalik ulug‟vor
bo‟lsada, ularda hozirgacha o‟zlarining o‟lkashunoslik muzeylari yo‟qligi
ta‟kidlandi.
O‟zbekiston madaniyati vazirligi xalqaro «Oltin meros» xayriya fondi, Badiiy
akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini
43
yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida
«Moziydan sado» jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma‟lumki muzeylardan
turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng
targ‟ibot qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb
masalasidir. Jahon tibbiy turizmini rivojlantirishga omil bag‟ishlash maqsadida
Turkiya tibbiy turizm uyushmasi, Turkiya sog‟liqni saqlash vazirligi hamda
Madaniyat va turizm vazirligining qo‟llab–quvvatlashida Tibbiy turizm bo‟yicha
to‟rtinchi xalqaro kongressni tashkil etdi.
Kongerss ishida dunyoning 25dan ortiq mamlakatidan kelgan mutaxassislar
butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va davolash–sog‟lomlashtirish
turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama qildilar.
“O‟zbekturizm” MK va Sog‟liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat bo‟lgan
O‟zbekiston delegatsiyasi tadbir doirasida respublikaning turistik salohiyati va
sog‟liqni saqlash tizimining rivojlaninshi to‟g‟risida axborot taqdim etdi. Bundan
tashqari, Turkiya tarafi vakillari bilan tibbiy turlarni amalga oshirish borasida
muntazam tajriba almashish to‟g‟risida muzokaralar olib borildi.
Kongress ishi davomida ta‟kidlandiki, yildan–yilga tibbiy turizm dunyoning
turli mamlakatlaridan o‟n minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni
davolashda yuqori malakali yordam ko‟rsatishga tayyor xalqaro tibbiy
markazlarning ochiqligi prinsipli imkon yaratyapti. Tibbiy turizmning mashhur
bo‟layotganiga boshqa mamlakatda bir vaqtning o‟zida davolanish, dam olish va
uning o‟ziga xos madaniy jihatlari bilan tanishish imkoniyati ham omil
bag‟ishlayapti.
Shuni aytish lozimki, O‟zbekiston davolash–sog‟lomlashtirish turizmini
rivojlantirish uchun noyob tabiiy resurslarga ega. Mamlakatda tabiatni muhofaza
qilish to‟g‟risidagi qonun hujjatlari e‟tirof etgan bir qator rekreatsiya zonalari
(Chimiyon–Chorvoq, So‟qoq, Oqsoqota–Parkent, Pargos–Oq tosh va boshqa
zonalar) yer osti suv resurslari, shu jumladan turli kimyoviy tarkibli 60dan ortiq
ma‟danli suv manbalari, shuningdek shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‟lgan
musaffo tog‟ havosi mavjud hududlar oz emas.
44
O‟zbekiston Respublikasi hududida turizmning maxsus turlarni rivojlantirish,
ularni kengroq targ‟ib etish butunjahon turizm olamida yurtimizning omad sari
tashlangan samarali qadami bo‟lgan bo‟lar edi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha
turizm
turlari
emas.
Maxsus
turlarning
ayrim
turlarini
hozirdanoq
ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib
borayotgan dorbozlik o„yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini
belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu o„yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq
bo„ladi. Xuddi shuningdek, ko„pkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning
katta oqimlarini o„ziga jalb qiladigan g„oyat qiziqarli turistik obyekt. Bu turni
ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni
tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil
qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir.
5-jadval
O‟zbekistondagi turizmning maxsus turlarining geografik ro‟yxati.
Dostları ilə paylaş: |