5.2.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
O‘qish faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi,
kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun
muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. SHu Yoshdagi bola
idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining
kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan
boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, moddiy
narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish
sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45%
ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan
aniqlanilgan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash
sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa
bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi. Sezgilarning
o‘sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq
harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli
mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur Yoshdagi
bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa Yosh davrdagi
insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari
sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni maqonda
joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun
bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab
Yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks
ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks
etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-
hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda
estetik va badiiy didni rivojlantiradi. CHunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning
turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi.
Ta’lim-
tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata
bilish muvafaqqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. O‘quvchilarda kuzata bilish
qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu
Yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari katta Yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan
chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab
taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki
uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu
masofani bosib o‘tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli
barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan
boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo‘lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda
ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq
rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi,
jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy
zo‘riqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular
o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektlari
ustida uzoq tura olmaydilar.Ta’lim jarayoni kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning
ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit
yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish,
mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib
topadi. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli
ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi.
Ushbu matritsa kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar diqqatining ko‘chishi,
taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun ishlatiladi.Kichik maktab
Yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan blank taqdim etiladi va unga quyidagi
qo‘llanma beriladi. “Hozir biz sen bilan “ Diqqatli bo‘l va iloji boricha tezroq ishla“ nomli
o‘yin o‘ynaymiz. Sen hozir boshqa o‘rtoqlaring bilan musobaqalashasan. Keyin musobaqada
kim yutganini ko‘ramiz. Seni bajargan ishlaring o‘rtoqlaringnikidan yomon bo‘lmaydi deb
o‘ylayman. SHundan so‘ng bolaga Landolt xalqachali blank ko‘rsatiladi va u nima qilishi
kerakligi tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bo‘yicha diqqat bilan qarashi va ular
orasidan joyidan o‘zgartirib chizilgan xalqachalarni topishi va ularni belgilab qo‘yishi kerak.
Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan so‘ng eksperimentator “chiziq” deb
aytadi. Bu vaqtda bola to‘xtagan joyiga chiziq tortishi kerak bo‘ladi. 5 minut o‘tganidan so‘ng
eksperimentator “to‘xta” deb aytadi va bola ishni to‘xtatishi kerak va o‘sha erga ikkita chiziq
tortib qo‘yishi zarur. Ish tugatilganidan so‘ng eksperimentator bola tomonidan har bir minut
ichida hamda 5 minut davomida ko‘rib chiqilgan xalqachalar sonini aniqlaydi. Shuningdek,
ishlash jarayonida har bir minutda va 5 minut davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar hisoblaniladi.
Kichik maktab Yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira
oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni so‘z bilan ifodalab bera
oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab
Yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy
kuchni va yuqori motivatsiyani tashkil etilishini talab etadi.
O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi,
o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi
nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu
Yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini
asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab
qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan
birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra
ko‘rgazmali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va
qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va
hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq
muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar ta’lim olish munosabati bilan
mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda
qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham
chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hatto
mazmuni tushunarli bo‘lgan materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik
ravishda o‘rganib oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga
ko‘ra, buning sabablari quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga
qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan,o‘zgarishsiz eslab
qolish imkonini beradi;
2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning “to‘g‘ri
tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar; 3)ularning nutq
boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy
to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni
osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
Bunday holat shu Yoshdagi bolalarda albatta bo‘lishi kerak emas. Mexanik esda
qoldirish ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirishga etarli
e’tibor bermagan hollarda bo‘lishi mumkin.Ta’lim jarayonida o‘quv materialining
ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va
esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan
boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun
ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz
o‘qish jarayonining normal bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib
olishgina emas, balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv
materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan
bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay kolganlarida yoki
ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar
bilan ko‘rsatib beradilar. Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni
so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar
bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu Yoshdagi
bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kic hik makt ab davrida
t asavvur aso san bo la lar rasm chizayotganlarida, Shuningdek ertak va hikoyalar
to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar o‘z xayollari va
tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o‘zlari mustaqil ravishda to‘qiy
oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim
o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni
tasavvur etadilar. SHu bois kichik maktab Yoshidagi bolalarni realistlar va
fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar, syujetlardan
foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko‘p multfilmlar ana
shunday bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar zamirida ularning
qo‘rquvni engishi, do‘st topishi, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur
terapevtik natijaga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bola
real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ham
ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‘zining
hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo‘lishini, bu uyga o‘g‘rilar kelib qolsa, u qahramonlik
qilishini tasavvur qiladi. O‘z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan
kechirgan bola o‘zining kelgusi xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin
tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan bo‘lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati juda
katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‘z-o‘zining shaxsiy
tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy
xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada
xayol etarli darajada rivoj topgan bo‘ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga
ega bo‘ladi. O‘qish jarayonida u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan,
balki shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘rgatilayotgan
materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini etarli darajada aks
ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib,
o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydigan o‘yinlarda ham
ularning xayolini o‘sishi davom etaveradi.O‘quvchilar o‘z o‘yinlarida turli narsalarni
yasaydilar, turli erlarga sayohat qiladilar. Bunday o‘yinlarlardan o‘quvchi mazmundor
taassurotlar oladi va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qurish-yasash va badiiy
qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining xayoli o‘zining kengligi va
mazmundorligi jihatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi jihatidan ham o‘zgaradi.
Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xayoli ham, ixtiyoriy xayoli ham
maktabgacha Yoshdagi bolalarning xayolidan o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada
ortadi. 6 Yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi.
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniqsa, katta rol
o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin o‘zi qanday gapirayotgani ustida o‘ylab
o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa
bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qoladi. Maktabda
o‘qiyotgan
:
bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanishi natijasida, o‘z
nutqini grammatika qoidalariga muvofiq ongli ravishda tuzishni o‘rganadi.
Grammatikani o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning
morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi.
Nutqning ayrim jihatlariga xos bo‘lgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish
natijasidagina o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa
fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va
shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi boyiydi,
so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har kaysi terminning
ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf Yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va
bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani
afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 Yoshli bola jumlalarini
murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda
egallab borib, uni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 Yoshli bolalar
nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘z fikrlarini bayon etish uchungina
emas, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. YOzma nutq jumlalarni
to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi.
Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri
talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. YOzma nutqni egallash asosida bolalarda turli
matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana
boshlaganligi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali
rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy
ish kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini
aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja
tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni
to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish
belgilarini to‘g‘ri qo ‘yish, o ‘z xato larini topa o lish va to ‘g‘rilash aqliy
rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Metodistlar kichik maktab Yoshidagi
bolalarning nutqini rivojlantirish uchun quyidagi nutq turlarini sistemali ravishda tashkil
etish sxemasini tavsiya etadilar.
Dostları ilə paylaş: |