urinchoqlik
rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy tadqiqot ishlari bilan samarali shug‘ullanishini
rag‘batlantiradi. Bilishga qiziqish maktabgacha tarbiya Yoshidagi bolalarga xos
bo‘lgan xususiyatlardandir. Bilishga qiziqish kichik maktab davrida o‘ziga xos yo‘nalishni
oladi.Ular har bir o‘rgangan narsalariga taajjublanish bilan qaraydilar.
Taajjublanish hissi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarda bunday his ularga qandaydir
odatdan tashqari, noma’lum biror narsa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish
jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hol samarali bilish
faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz o‘zimizda
tug‘ilgan hislardan mamnun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir
(D. R.Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari bo‘lib ko‘ringan
narsalarni diqkat bilan ko‘zdan kechirishga majbur etadi. SHunday qilib, taajjublanish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hodisalarni bilishga g‘oyat
darajada rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |