anglanganligi bilan maktabgacha Yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu
hislar anchagina osoyishtalik bilan o‘tadi, ancha chuqur va kuchli bo‘lib qoladi.
xushchaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va tanaffus
vaqtlaridagi o‘yinlarda ular quvnoq va tetik bo‘ladilar. Bunday holat esa kichik
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta’lim va tarbiyaning ta’siri
ostida ancha kengayadi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning hislaridan farqli
ravishda kichik maktab davrida hislarning yo‘nalganligida katta tabaqalanish yuzaga
keladi. Bu Yoshda oliy hislarning barcha turlari rivojlanishni boshlaydi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari ularning faoliyatida
namo yon bo‘ladi va rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarining har
bir faoliyat natijalariga baho bera oladilar. Baho kishida qoniqish va qoniqmaslik
hislarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lib, bu hislar bolani yaxshi o‘qishga ruhlantiradi.
Ba’zan past baho olish orqali yuzaga kelgan salbiy hislar chuqurlashib,
o‘qituvchining noto‘g‘ri reaksiyasi va kattalarning doimiy tanbeh va tanqidlari
oqibatida bolaning xarakter xislatiga aylanib qolishi mumkin. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining faoliyatlari uchun ijobiy baho olishlariga yordam beruvchi asosiy
hislardan biri intellektual hislardir. Odamning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
hislar intellektual hislar deb ataladi. Bilishga qiziqish, taajjublanish va hayron qolish
hislari, ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga
kiradi.
Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tug‘ilganida, vazifa va
masalalarni hal qilish chog‘ida, biror yangilikni o‘zlashtirish va bilish chog‘ida paydo
bo‘ladi va his qilinadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari
bilish jarayonida rivojlanadi.O‘quv faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va
faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajublanish, ishonchsizlik, quvonch, hislarini
yuzaga keltirib, qiziquvchanlik, urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning
shakllanishiga asos bo‘ladi.
O‘qish jarayonida Yoshi kattalashib, tajribasi orta borgan sari, oqilona
Dostları ilə paylaş: