5.4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs xususiyatlari
O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining
yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat
yaratadi. Kichik maktab Yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. O‘quvchining
maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida
to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va
boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.
YAngi faoliyatga o‘tish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni
paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi
ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy
o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish
mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli
darajada boyiydi va bola o‘zini o‘zi anglay boshlaydi. U o‘ziga xos bo‘lgan yaxshi-yomon
xususiyatlarni bilmasa ham, lekin u o‘zini “Men”ini his kiladi. O‘zining vazifasi, maqsadi, uni
bajarish lozimligi, uyga berilgan vazifalarni bajarish, takrorlash uning burchi ekanligi kabilarni
anglab etadi. Bu Yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit
hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi. Bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga
Dostları ilə paylaş: |