Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


olinmaydigan  ijodiy  o‘yinlarga  nisbatan  qiziqishlarida  ham  namoyon  bo‘ladi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix30.01.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#51803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl (1)

olinmaydigan  ijodiy  o‘yinlarga  nisbatan  qiziqishlarida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Bunday 

o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari  aks 

etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligini namoyon etilish 

shakli    hisoblanadi.  Vatanga  kerakli  inson  bo‘lish  uchun  o‘qishning  muhimligi  va  ahamiyatini 

bilishi    uchun  ochiqlik,  ishonuvchanlik,  ustozining  barcha  topshiriqlarini  bajarishga  tayyorlik 

xususiyatlari keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi.

 

Maktab 


ta’limining  dastlabki  yillarida  qiziqishlar,  xususan,  bilim  egallashga  nisbatan  qiziqishlar, 

intellektual  qiziqishlar  sezilarli  darajada  rivojlanadi.  Psixologlarning  ta’kidlashicha,  dastavval 

ayrim faktlarga, boshka narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil 

bo‘ladi. III  -  IV sinflarda esa  sabablarni, qonuniyatlarni,  hodisalar o‘rtasidagi aloqa  va o‘zaro 

bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi. 

III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. O‘quvchilardagi bunday 

qiziqishlar  o‘zini  anglash  va  o‘z  xatti-harakatiga  baho  berishi  kabi  xususiyatlarni 

shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning qiziqishlarida  samarali o‘qish uchun halaqit 

beruvchi qator salbiy  xarakteristikalari  ham  mavjud. Kichik  maktab Yoshidagi o‘quvchilarning 

qiziqishlari:

 

-etarlicha amaliy natija bera olmaydi; 



- qatiy emas, vaziyatli; 

-tez  qondiriladi va ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; 

-o‘quv  materiali  va  topshiriqlar  o‘quvchining  joniga  tez  tegadi  va  charchashni  yuzaga 

keltiradi; 

– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va nima uchun  

yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi; 

-  umumlashtirishning  pastligi,  bir  yoki  bir  nechta  predmetlarning    tashqi  belgilarigagina 

qarab umumlashtirish; 

-o‘quvchini  o‘qishning  o‘quv  faoliyatining  usullariga  emas,  balki  natijalariga 

yo‘nalganligi.  Kichik  maktab  davrining  so‘ngiga  qadar    o‘quv  ishlaridagi  qiyinchiliklarni 

engishga  nisbatan qiziqish  yuzaga kelmaydi 

(bu  holat  ko‘pincha  o‘qituvchilarning  o‘zlari  tomonidan    amalga  oshiriladi,  ya’ni  aksariyat 

hollarda    o‘quvchining    qiyinchiliklarni  engishga  harakati  emas,  balki  natija  baholaniladi). 

Bularning  barchasi  kichik  maktab  Yoshida  qiziqishlarning  etarli  darajada  rivojlanmaganligi  

bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab 

Yoshidagi  o‘quvchilardagi    motivlarning  umumiy  dinamikasiga  nazar  tashlansa,  quyidagilarni 

ko‘rish  mumkin:  kichik  maktab  davrining  boshida  maktabda  bo‘lishning  tashqi  jihatlariga 

(partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish v h.), so‘ngra birinchi o‘quv mehnati natijalariga 

(birinchi  bor  harf  va  sonlarni  yoza  olishlariga,  o‘qituvchining  bahosiga),  keyinchalik, 

jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga   va  shundan so‘nggina  bilimlarni  olish   yo‘llariga  

qiziqish  kuchli  bo‘ladi.  O‘qishning  ijtimoiy  ahamiyatini  tushunish  (2-  3  sinflarda)  o‘qish 

mazmunini  va  bilimlarni  egallash  yo‘llariga  qiziqish  bilan  mustahkamlanishi    zarur.  Bunday 

holda  kichik  maktab  davrining  oxirlariga  borib,  o‘qishga  nisbatan    motivatsiyaning  pasayishi 

ko‘zga tashlanmaydi. 

Bilish  motivlari  quyidagicha  o‘zgarib  boradi:  kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning 

qiziqishlari  alohida  bir  faktlarga  qiziqishdan,  qonuniyat  va  prinsiplarga  qiziqishga  aylanib 

boradi.  Oxirgi  yillarda  o‘tkazilgan  psixologik  tadqiqotlar  kichik  maktab  Yoshining  o‘rtalariga 

borib  bilimlarni  o‘zlashtirish  yo‘llariga  qiziqish  yuzaga  kelishi  mumkinligini  ko‘rsatib  berdi. 

Kichik maktab davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda 

-  bilimlarni  olish  qo‘shimcha  manbalariga  va  qo‘shimcha  kitoblarni  vaqti-vaqti  bilan  o‘qishga  

qiziqish  bilan  yuzaga keladi. Ijtimoiy  motivlar  birinchi sinfga  kelganida differensial  bo‘lmagan 



umumiy  tushunishdan  o‘qish  va  o‘rganishning  zarurligi    sabablarini  chuqur  anglashga,  “o‘zi 

uchun  “  o‘qish  mazmunini  anglab  etishga  tomon  o‘zgarib,  ijtimoiy  motivlarni  amaliy  xarakter 

kasb etishiga sababchi bo‘ladi. Bu Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar o‘qituvchining  

qo‘llab-quvvatlashini  olishga  nisbatan  bo‘lgan  ehtiyoji  hisoblanadi.  Bolaning  ustoziga  bo‘lgan 

munosabati  yomon  baho  olib  xafa  bo‘lgan  taqdirda    ham    ijobiy  va  unga  ishonch  bildirishi 

saqlanib  qolaveradi.  Unda  o‘rtoqlari  va  sinfdoshlari  o‘rtasida    mavqeli  bir  o‘rinni  egallashga 

harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.

 

O‘quv  faoliyati  kichik  maktab  Yoshidagi  bolalarda  o‘qishda  ma’lum  yutuqlarga  erishish 

ehtiyojini  qondirishga,  Shuningdek,  tengdoshlari  orasida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lishiga  imkoniyat 

ham  yaratadi.  Aynan  ana  shu  o‘rin  yoki  mavqega  erishish  uchun  ham  bola  yaxshi  o‘qishga 

harakat  qiladi.  Bu  Yoshdagi  bolalar  doimiy  ravishda  o‘zlari  erishgan  muvaffaqiyatlarini 

boshqa  tengdoshlari  muvaffaqiyatlari  bilan  solishtiradilar.  Ular  uchun  doimo  birinchi  bo‘lish 

nihoyatda  muhim.  Kichik  maktab  davrida  bolalardagi  musobaqaga  kirishish  motivi  tabiiy 

psixologik  ehtiyoj  hisoblanib,  bu  motiv  ularga  kuchli  emotsional  zo‘riqishni  beradi.  Bu 

xususiyatlar  aslida  bog‘cha    davridan  boshlab  yuzaga  kela  boshlaydi  va  kichik  maktab 

davrida, Shuningdek o‘smirlik davrida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Kichik  maktab  Yoshidagi  bolalar  kattalarning  u  haqidagi  fikr  va  bergan  baholariga 

qarab,  o‘zlariga  o‘zlari  baho  beradilar.  Shuningdek,  o‘quvchining  o‘ziga-o‘zi  beradigan 

bahosi,  turli  faoliyatlaridagi  muvaffaqiyatlariga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Kichik  maktab 

Yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki 

past bo‘lishi mumkin. Bu Yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi 

ta’sirlarga  beriluvchanlik,  itoatkorlik  kabi  xususiyatlari  ularni  shaxs  sifatida  shakllantirish 

uchun  yaxshi  imkoniyat  yaratadi.  Kichik  maktab  davrida  boshqarishdan  o‘z-o‘zini 

boshqarishga  o‘tishi  nihoyatda  muhimdir.  Etakchi  bo‘lgan  o‘quv  faoliyatidan  tashqari  boshqa 

faoliyatlar  -  o‘yin,  muloqot  va  mehnat  faoliyati  ham  o‘quvchi  shaxsi  rivojiga  bevosita  ta’sir 

ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan 

shaxs  xususiyatlari  tarkib  topa  boshlaydi.    Kichik  maktab  davrini  bolaning  turli  faoliyatlarda 

muvaffaqiyatga  erishishini  belgilab  beruvchi  asosiy,  shaxsiy  xususiyatlarni  yuzaga  kelish  va 

mustahkamlash  davri  deb  hisoblash  mumkin.  Bu  davrda  muvaffaqiyatga  erishish  motivlari 

tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan 

shug‘ullanishlari  mumkin  va  shular    asosida  ularda  mehnatsevarlik  va  mustaqillik  fazilatlari 

shakllanadi.  Kichik  maktab  davridan  boshlab  o‘quvchilarni  mustaqil  mehnat  faoliyatiga amaliy 

va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi.  Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan 

ongli,  ijobiy  munosabatda  bo‘lish    asoslari  tarkib  topa  boshlaydi.  Ularda  mehnatga  havas 

uyg‘onadi,  mehnatga  va  mehnat  ahllariga  hurmat  bilan  qarash,  ijtimoiy  foydali  ishlarda 

qatnashishga  intilish  singari  fazilatlar  tarkib  topadi.    Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarda 

mehnatsevarlik, 

a so san,  

o‘qish 

va 


me hnat  

fao liyat ida 

r ivo jla nad i 

va  


mustahkamlanadi.  Kichik  Yoshdagi  o‘quvchilar  zarur  bo‘lgan  harakat  va  amallarni  darhol 

o‘zlashtirib  va  egallab  ololmaydilar,  ko‘proq ortiqcha  va  chalkash  harakatlar  qiladilar.  Mehnat 

jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash 

kabi  ish  harakatlarni  qiynalmasdan  va  birmuncha  silliq  bajaradigan  bo‘lish  uchun  har  bir  ishda 

har  qanday  harakatlar  qilish  kerakligini  va  bu  harakatlarning  qay  yo‘sinda  amalga  oshirilishini 

aniq bilib olish va esda qoldirish kerak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib 

borish natijasida kichik Yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar 

yo‘qolib boradi. 

O‘qituvchilar  mehnat  darslarida  o‘quvchilarning  mehnatiga  etarli  darajada  e’tibor 

berishlari,  mehnat darsiga alohida  tayyorgarlik ko‘rishlari,  o‘quvchilarning  har  bir  harakatlarini 

ziyraklik  va  kuzatuvchanlik  bilan  nazorat  qilishlari,  ularga  individual  munosabatda  bo‘lishlari 

maqsadga muvofiqdir. 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnati: 

 



bolalarni 

Yosh, 


individual 

va 


jismoniy 

rivojlanishiga 

mos 

bo‘lishi;                                                           



-     o‘quvchilar uchun qiziqarli  bo‘lishi; 


-   undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi; 

- jamoa bo‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan                  hamkorlik, do‘stlik, 

o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi; 

-  o‘quvchini  o‘zini  tuta  bilishga,  sabr-toqatli  bo‘lishga,            qiyinchiliklarga  bardosh  berishga 

o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;      

-  o‘quvchi  o‘z  mehnati  natijasidan  bahramand  bo‘ladigan  mehnat  xususiyatlariga  ega  bo‘lishi 

lozim. 

Bola  o‘z  mehnat  mahsuli  sinf  yoki  maktab  jamoasiga,  jamoatchilikka  manfaat 

keltirayotganligini bilib, undan  xabardor bo‘lib  borsa undagi  ijtimoiy  foydali  mehnatga  bo‘lgan 

ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va ongli munosabat shakllana boradi. 

Mehnatsevarlik  bolada  o‘zi  qilayotgan  mehnati  unga  zavq  bergan  taqdirdagina  yuzaga 

keladi va rivojlanadi. 

Bu  davrda  mustaqillikning  poydevori  yuzaga  kelib,  o‘quv  vazifalarini  mustaqil  bajarish 

layoqati yuzaga keladi.     Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga 

oshiriladi. 

1.  Mustaqillikning    shaxs  hislati  sifatida  vujudga  kelishi  ijtimoiy  muhitga  bog‘liq.  Bu 

bog‘liqlik  mustaqillikka    bo‘lgan  ehtiyojni  qondirish  imkoniyatlari  sohasida  va  qadriyatlarda 

ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi. 

2.  Mustaqillikning  shaxs  hislati  sifatida  shakllanishida  individual  xususiyatlar,  shaxs 

yashaydigan  va  mehnat  qiladigan  jamoada  vujudga  kelgan  munosabatlarga  hamda  shaxsning 

qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Bolada  mustaqillik  xususiyatining  shakllanishi  asosan  kattalarga  bog‘liq.  Agar  bola 

haddan  ziyod  ishonuvchan,  itoatkor,  ochiq    xususiyatli  bo‘lsa,  unda  asta-sekinlik  bilan 

bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani  erta mustaqillikka 

undash,  unda  ba’zi  salbiy  hislatlarning  shakllanishiga  ham  olib  kelishi  mumkin,  chunki  u 

hayotiy  tajribalari  kamligi  uchun  asosan,  kimlargadir  taqlid  qilgan  holda  harakat  qilishi 

mumkin.  Mustaqillikni  shakllantirish  uchun  bolaga  mustaqil  bajaradigan  ishlarni  ko‘proq 

topshirish  va  unga  ishonch  bildirish  nihoyatda  muhimdir.  Shuningdek,  shunday  bir  ijtimoiy 

psixologik  muhit yaratish  kerakki, unda  bolaga  biron bir  mas’ul vazifani  mustaqil  bajarishni 

topshirish,  bu  ishni  bajarish  jarayonida  bola  o‘zini  tengdoshlari,  kattalar  va  boshqa 

odamlarning  lideri  deb  his  qilsin.  Ana  shu  his  bolada  mustaqil  bo‘lishga  undovchi 

motivlarni yuzaga keltiradi. 

7-11 Yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o‘z-

o‘zini  anglashi  ham  jadal  rivojlana  boradi  va  mustahkamlana  boshlaydi.  Bu  davrda  bolalar 

o‘zlarining  ismlariga  yanada  ko‘proq  ahamiyat  bera  boshlaydilar  va  ularning  ismlari 

tengdoshlari  va  atrofdagilari  tomonidan  ijobiy  qabul  qilinishiga  harakat  qiladilar.  Bolani 

o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida 

ahamiyati  juda  katta.  Kichik  maktab  davrining  oxiriga  borib  bolalar,  ayniqsa,  qizlar 

o‘zlarining  yuz-tuzilishlariga  alohida  e’tibor  bera  boshlaydilar.  Kichik  maktab  Yoshidagi 

o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan 

muvofiqlashtirish  qobiliyati  rivojlanadi,  ongli    ravishda  bir  fikrga  kela  olish  qobiliyat i 

rivojlanadi,  o‘z  faoliyatini  o‘zi  uyushtirishga  hamda  bilim  olish  jarayoniga  bo‘lgan 

qiziqishining  qaror  topishiga  yordam  beradi,  o‘quvchi  xulq-atvorining  motivlashtirishi 

ham  o‘zgaradi.  Bunda  do‘stlari  va  jamoaning  fikrlari  asosiy  motivlar  bo‘lib  qoladi.  Axloqiy 

his-tuygular  va  shaxsning  irodaviy  xususiyatlari    ham  shakllanadi.  Boshlang‘ich  sinf 

o‘quvchilarida    iroda  tarbiyasi  tashabbuskorlik,  dadillik,  o‘zini  tuta  bilish,  sabotlilik, 

chidamlilik,  qat’iylik,  kamtarlik  va  intizomlilik  kabi  irodaviy  sifatlarni  o‘stirish  va 

mustahkamlashdan iboratdir. 

Iroda tarbiyasi bolalarda  yomon sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va agar bunday 

sifatlar  paydo  bo‘lsa,  ularni  yo‘qotishdan  iboratdir.Bolalar  irodasining  salbiy 

tomonlaridan  biri  o‘ziga  ishonmaslikdir.  O‘ziga  ishonmaslik  holati  o‘qish,  mehnat,  o‘yin 



va  shu  kabi  faoliyatlarda  tez-tez  qaytarilib turadigan  muvaffaqiyatsizliklar  tufayli  yuzaga  

keladi. 


F.I.Ivashchenko  tomonidan  o‘tkazilgan  tekshirishlarning  ko‘rsatishicha,  o‘qish 

sharoitida  o‘quvchilarning  o‘zlariga  ishonmaslik  holatlari  asosan  quyidagi  sabablar 

tufayli  yuzaga  keladi:”  a)    o‘qishda  izchillik        prinsipiga        rioya        qilmaslik  tufayli;  b) 

o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v)  ayrim  

pedagoglar,  ota-onalar  va  Shuning  bilan  birga  sinfdoshlarning      o‘quvchilar  kuchiga, 

xotira      qobiliyatlari      va      fahm-farosatlariga      ishonchsizlik  bildirishi  tufayli;  g)    ana 

shunday  o‘quvchilarni  yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash orqali”. 

Iroda  tarbiyasi  tafakkur  va  hissiyotlar      tarbiyasi  bilan  mahkam  bog‘liqdir.  Biz 

bolalarda  tafakkurni  taraqkiy  ettirishimiz  bilan  birga,        ularda  o‘z  oldiga  to‘la  anglab, 

muayyan  maqsadlar ko‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola 

bilish    qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda    ijobiy    axloqiy   hislarni   tarbiyalar 

ekanmiz,  buning  bilan  axloxiy  qaror  qabul  qilishga  va  Shuning  bilan  birga,  o‘z  qaror 

hamda        harakatlariga        axloqiy  baho  berishga  odatlantirib  boramiz.  Vatanparvarlik  va 

vijdoniy burch hissini tarbiyalash    ayni vaqtda  boshlang‘ich  sinf o‘quvchisining  harakat 

motivlarini tarbiyalash hamdir.

 

5-6  Yoshlarda  ko‘zga  tashlangan  bolalarning  xususiyatlari  kichik  maktab    yillari  davomida 



rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga  kelib,  juda ko‘pgina  shaxsiy 

fazilatlar  shakllanib  bo‘ladi.  Bolalarning  individualliklari  ularning  bilish  jarayonida  ham 

ko‘rinadi.  Bu  davrda  bolalarning  bilimlari  kengayadi  va  chuqurlashadi,  ko‘nikma  va 

malakalari  takomillashadi.  3-4  sinflarga  borib,  aksariyat  bolalarda  umumiy  va  maxsus 

layoqatlar  ko‘zga  tashlanadi.  Kichik  maktab  davrida  hayot  uchun  nihoyatda  ahamiyatli 

bo‘lgan  muvaffaqiyatga  erishish  motivi  mustahkamlanadi,  bu  esa  o‘z-o‘zidan  boshqa 

layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. 

Kichik 


maktab 

Yoshidagi 

bolalar 

shaxsi 


rivojlanishiga 

ularning 

atrofidagi  odamlar,  ota-onasi  va  ayniqsa  o‘qituvchi  bilan  bo‘ladigan  munosabati  katta  ta’sir 

ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati 

ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin.  I – IV  

sinf  o‘quvchilari  o‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatish,  turli  materiallardan  har  xil  buyumlar  yasash, 

o‘simliklar  ekib  o‘stirish,  uydagi  yumushlarga  qatnashish  kabi  bir  qancha  ishlarda  ishtirok 

etadilar va bu sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. 




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin