- masalalar echimlarining umumiy yo‘llarini mustaqil ravishda topish ko‘nikmalari;
-o‘quv vazifalarini ajrata olish, topish va o‘zlashtirish;
-o‘zini va o‘z faoliyatini adekvat baholay olish va nazorat qila olish;
-faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqara olish;
- mantiqiy fikrlash qoidalaridan foydalana olish;
-umumlashtirishning turli shakllarini egallash va ulardan foydalana olish;
-jamoaviy faoliyatlarda ishtirok eta olish;
- yuqori darajada mustaqil ijodiy faollikka ega bo‘lish.
Lekin aksariyat hollarda kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati
maktab amaliyotida birinchi o‘ringa bolalarni amaliy ko‘nikmalarga, o‘qish, yozish, sanash
malakalariga o‘rgatish muammosi turadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy
vazifasi - bu o‘quvchilarni “o‘qish”ga, bilim olishga o‘rgatishdir.
Kichik maktab
Yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Bu o‘zgarishlar ularni hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun
tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |