Avtoritar uslubdagi o‘qituvchining o‘quvchilari o‘qituvchi sinfda bo‘lmagan vaqtlarda
o‘z-o‘zini boshqarish malakasi bo‘lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo
bo‘ysunmaydilar. Bu asosan, to‘polonda namoyon bo‘ladi. Bu uslub o‘qituvchining
mustahkam irodasini ko‘rsatadi, lekin bu iroda natijasida o‘quvchida "ustozim meni yaxshi
ko‘radi" degan fikri emas, balki qo‘rquv hissi mavjud bo‘ladi.
Demokratik uslub o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilishiga
asos bo‘ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvafaqqiyatga erishish garovi
sifatida bolalar ijobiy emotsiyani, o‘ziga ishonch, o‘z muvafaqqiyati, yutuqlaridan
quvonishi, do‘stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni
birlashtiradi. SHu bilan birga o‘zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda, o‘zi
uchun o‘zi harakat qilishi lozimligini anglatadi, o‘zini-o‘zi boshqarishga, o‘z xatti-
harakatini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshish hissi
o‘qituvchining shu Yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |