kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda
chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch
bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki
nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda
muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama
tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. “Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan
qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni
engib, o‘z ishida ma’lum muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi.
Kichik maktab Yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani
echishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi.
O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish
va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari
uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima bo‘lganiga,
qaerda, qachon va qanday qilib bo‘lganiga juda qiziqadi, Shuningdek uni ”Nima uchun
bo‘ldi?” savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan faktlarning o‘zi
qiziqtiradi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki yozib
berishga qo‘rqib, uyalib hijolat tortsa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish
kerak, ana shunda u tortinmaydigan bo‘lib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish
natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay «so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib
ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, balki
odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi.
"Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez o‘tib ketadigan hislarga ya’ni, bolaga bir
xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obektlar sababli tug‘iladigan
hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan ob’ektlar
bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki, aksincha, yana ham
kuchli va barqaror bo‘lib qoladi. Masalan, muzika asarlarini qayta-kayta eshitish natijasida
bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. O‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz
uchun qadrli bo‘lgan joylarga har safar borganimizda bizning shu joylarga bo‘lgan
hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib
qolishi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi nisbatlarda bir-
birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bo‘lib turganida kuchliroq ijobiy his
yuzaga keltiradigan sabab paydo bo‘lib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi
mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni
erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga kuchli sababchi bo‘ladi, Shuning
uchun ham bolada ko‘z Yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo bo‘ladi. O‘quvchidagi cho‘chib
turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li bilangina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada
qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yo‘li bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin.
Masalan,
birinchi
sinf
o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga
ishonmaganligida bo‘lsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni berish kerak. SHu vazifalarni
bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalinishi bolada ijobiy hislarning
tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u
o‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar, o‘rtoqlik,
do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanparvarlik, vijdoniy burch hissi va shu
kabi hislar paydo bo‘ladi va o‘sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar,
o‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o‘qituvchining shaxsiy
namunasi ta’sir ko‘rsatadi. O‘qishning boshida aynan shu o‘qituvchi shaxsi kichik
maktab Yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p axloqiy hislarining rivo jlanishini belgilab
beradi. Birinchi vaqtlarda o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina
bog‘langan bo‘ladi. O‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari
qaratilingan markaziy figura bo‘lib hisoblanadi. Bilimli, mahoratli, bolalarni sevuvchi
pedagog o‘qishning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarining o‘ziga bo‘lgan
shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat,bog‘liqlik ustozi
va sinf jamosi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bo‘linadi. SHunga qaramasdan
boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U
o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hurmat bilan gapiradi. O‘qituvining ta’siri ostida
asta-sekinlik bilan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun
tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo bo‘ladi. Bu esa bolalardagi o‘rtoqlik
hissining rivojlanishiga zamin bo‘ladi.Bolalar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan
o‘rtoqlariga yordam berishga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va
kuchli bo‘ladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni:
o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining darslarini tayyorlashga tezroq
ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-onalarning qarshiliklarini ham engishi kerak. Bunday
vaziyat larda bolada shakllanayotgan ma’suliyat hissi qiyinchiliklarni engishga va o‘z
ishini
muvaffaqiyatli
bajarishiga
yordam
beradi.
Birinchi
sinfda
o‘quvchi
o‘qituvchisinng tanbehlari o‘rtoqlarining oldida yoki o‘ziga yolg‘iz berilganiga e’tibor
bermasa, ikkinchi sinfda o‘rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bo‘lib
qolishi bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida to‘liq his etayotganidan va o‘rtoqlari uni
hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida
namo yon bo‘ladi.Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat
mazmuniga, balki o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni
o‘qiyotganlarida
va
kinofilmlarni
ko‘rayotganlarida
bolalar
asosan
asar
qahramonlaring axloqiy sifatlarini baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni
pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsatilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bo‘lgan
taqdirdagina kichik maktab Yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga
emotsional baho bera oladilar.
Dostları ilə paylaş: